Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qo‘shimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspektsiyasi:
muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro‘yxatga oladi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi;
mahkumning hukmda ko‘rsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi.
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspektsiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab 3 kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
jazolarni ijro etish inspektsiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yo‘llash;
mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspektsiyasiga xabar qilish.
Muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ jazolarni ijro etish inspektsiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qo‘yishga va bu haqda inspektsiyaga xabar yo‘llashga majbur.
Jazoni ijro etish tartibi va shartlari
Jazo muddatini hisoblash
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran 10 kun ichida yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspektsiyasida hisobga turishi;
majburiy jamoat ishlarini bajarish va o‘tash shartlariga rioya etishi;
o‘zi uchun belgilangan joyda (ob’ektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi;
majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyidagi (ob’ektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi;
yashash joyi o‘zgarganligi haqida jazolarni ijro etish inspektsiyasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan etib kelishi shart.
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzganligi uchun jazolarni ijro etish inspektsiyasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.
Majburiy jamoat ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumga nisbatan jazolarni ijro etish inspektsiyasi Jinoyat kodeksining 451 yoki 821-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnoma yuboradi.
Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini o‘tashdan bo‘yin tovlovchilar deb topiladi:
10 ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash maqsadida yashiringan mahkum;
yozma ogohlantirish olganidan so‘ng, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lmasa-da, majburiy jamoat ishlarida 1 oy davomida ikki martadan ko‘p ishtirok etmagan mahkum;
yozma ogohlantirish olganidan so‘ng majburiy jamoat ishlarini o‘tash joyidagi (ob’ektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini 1 oy davomida uch martadan ko‘p buzgan mahkum.
Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan mahkumning turgan joyi noma’lum bo‘lgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi.