Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi.
Rejim quyidagilarni ta’minlaydi:
mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish, ularni qo‘riqlash va nazorat qilib turishni;
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek ularning o‘z majburiyatlarini ado etishini;
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni;
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni;
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini.
Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar.
Muassasa ma’muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qo‘llanilayotganligidan xabardor etishi shart.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga o‘z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston RespublikasiIchki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan olib qo‘yiladi hamda mahkum ozod bo‘lgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yo‘q qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga o‘tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi.
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash;
mahkumlar mazkur muassasaga etib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish;
jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish;
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;
boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni to‘xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog‘ida, agar boshqa usullar bilan muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo‘lmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.
Mahkumlarga nisbatan maxsus vositalarni ishlatish tartibi
Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, eng so‘nggi chora sifatida o‘qotar qurol qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
O‘qotar qurol quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari mumkin.
Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
1 oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak