Shaharsozlik hujjatlari





Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlab chiquvchilar tomonidan shartnoma, buyurtmachi tomonidan beriladigan loyihalashtirish topshirig‘i, boshlang‘ich-ruxsat beruvchi hujjatlar va muhandislik-texnik qidiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi.





Shaharsozlik hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) O‘zbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar:


O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi;
O‘zbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq viloyat hududlarini o‘z ichiga olgan qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish tarhi;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;

2) O‘zbekiston Respublikasining viloyatlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar:


viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini rejalashtirish tarhlari;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi;

3) aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlar:


aholi punktlarining bosh rejalari;
aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari;
aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish tarhlari;

4) aholi punktlarining hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlar:


batafsil rejalashtirish loyihasi;
qurish loyihasi;

5) shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining qurilishi uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlari:


qurilishning texnik-iqtisodiy asosi;
qurilishning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;
loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar).

Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari tarkibiga shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham kirishi mumkin.





Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir topshiriqlar kelishib olinishi lozim.



Shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaharsozlik hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olinishi lozim.

Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dasturlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.





Davlat shaharsozlik kadastri:
muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondini;
hududlarning, ko‘chmas mulk ob’ektlarining, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmaning manzilli reestrlarini;
hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish to‘g‘risidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni;
hududlarni hamda shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
loyihalar, shaharsozlik faoliyati ob’ektlari va sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.




Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.