Tovarning xavfsiz bo‘lish sharti





sertifikatlashtirish bilan amalga oshiriladi.



Oziq-ovqat mahsuloti sanitariya, veterinariya, kabi qoidalarga mos bo‘lganda xavfsiz deb e’tirof etiladi.


Tovarni sertifikatlashtirishdan maqsad
odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarilishining oldini olish;
iste’molchini vijdonsiz ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan himoya qilish.




Oziq-ovqat mahsulotini sotish yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar
mahsulot sifati belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lsa yoki sertifikatlanadigan mahsulotlar sertifikatga ega bo‘lmasa;
saqlash va sotish uchun zarur sharoit bo‘lmasa;
yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.




Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro‘yxati bilan havolada tanishing.



Agar sotib olingan tovar (oziq-ovqat) hayot uchun xavfli bo‘lsa, vakolatli organlarga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting.

Sertifikatlashtirish qoidabuzarligi uchun javobgarlik



Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga jarima jazosi qo‘llanadi.
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va xizmat ko‘rsatish uchun aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.