Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
saylov uchastkasining tartib raqami ko‘rsatilgan peshlavha;
yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;
saylov qutilari;
zarurat bo‘lsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
saylov sanasiga bag‘ishlangan plakatlar;
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;
saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga taalluqli ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;
barcha ro‘yxatga olingan nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
zarur mebelь, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompьyuterlar, seyf, kantselyariya tovarlari);
yong‘inga qarshi vositalar.
Ovoz berish xonalari yorug‘ va keng bo‘lishi, alohida kirish va chiqish joyi bo‘lishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yo‘lkalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.