O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ishga joylashish tartibi





Rasmiy ravishda ishga joylashgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya davlati hududida mehnat kodeksida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanishi mumkin.





Ishga joylashish uchun talablar:
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish;
O‘zbekiston hududida doimiy yashash (doimiy propiskaga ega bo‘lishi kerak);
kamida 18 yoshda va 55 yoshdan (ayollar uchun) / 60 yoshdan (erkaklar uchun) oshmasligi kerak;
ishga jo‘natuvchi tashkilotga tegishli ariza berish orqali Rossiyada ishlash istagini bildirishi kerak.




O‘zbekiston fuqarolari ishlashi taqiqlangan ishlar ro‘yxati:
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining ob’ektlari va tashkilotlari, boshqa qo‘shinlar va harbiy tuzilmalar;
davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar va davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiruvchi bo‘linmalar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va tashkilotlari;
radiatsiyaviy xavfli va yadroviy xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari va yadro qurolini, radiatsiyaviy xavfli materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, foydalanish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish ob’ektlarini o‘z ichiga olgan tashkilotlar;
Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2002-yil 11 oktyabrdagi 755-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ro‘yxatda keltirilgan lavozimlar, kasblar va ishlarni bajarish uchun.




Ayollar mehnati taqiqlangan ishlar:
er osti ishlari (jismoniy bo‘lmagan ishlar yoki sanitariya ishlari bundan mustasno);
Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2000-yil 25-fevraldagi 162-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlar.




Muhim! O‘zbekiston fuqarosi patentda ko‘rsatilmagan kasb (mutaxassislik, lavozim, mehnat faoliyati turi) bo‘yicha ishlashga haqli emas.


Rossiya davlatiga kelayotgan chet el fuqarolari uchun Eslatma


2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiyaning 10 viloyatida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonalari ochiladi. Vakolatxonalar Amur, Volgograd, Voronej, Irkutsk, Nijniy Novgorod, Tula viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk va Permь o‘lkalari hamda Xanti-Mansi avtonom okrugida ochiladi.