Chet elga chiqish pasporti





O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak.




O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021-yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qo‘llanilayotgan 2011-yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin.




Biometrik pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi (xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi sud ajrimi bilan to‘xtatib turilganida);
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘limining belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya;
ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga etmaganlar uchun;
fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga etmaganlar uchun.




Chet elga chiqish pasporti 10 ish kunida beriladi.





Biometrik pasport quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi
tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — 2 yil muddatga;
bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;
25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.




2018-yilning iyunь oyidan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan suhbat o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Ular xorijga chiqish vizasini umumiy asosda olishadi. Batafsil havolada tanishing.


2022-yil 1-avgustgacha davlat xizmati YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatililishi amaliyotga to‘liq joriy qilinadi.