Davlat o‘rmon fondiga kiradigan erlarda Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma





Davlat o‘rmon fondiga kiradigan erlarda Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma




Bu qanday ishlaydi?


Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi so‘rovnomani to‘ldiradi va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi. DXM yoki YaIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga yuboradi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 5 ish kun mobaynida DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali ruxsatnomani berish uchun to‘lovni amalga oshirishga hisobvaraq-fakturani yuboradi.
Ariza beruvchi 4 ish kuni mobaynida hisobvaraq-faktura tushgandan keyin hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan miqdorda ruxsatnomani berish uchun to‘lovni amalga oshiradi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 1 ish kuni mobaynida ruxsatnomani berish uchun to‘lov tushganidan so‘ng ruxsatnomani rasmiylashtirishi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va uni DXMga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali yuboradi.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi



Bog‘lanish:

telefon: +998 (71) 263-04-20, +998 (71) 263-03-65

e-mail: [email protected]



Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar



Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.



Xizmatni ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni mobaynida



Xizmat narxi: BHMning 27% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 30%).



Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.27 BHM