Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish





Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga ariza yuborish




Bu qanday ishlaydi?


Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun DXMga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi so‘rovnomani to‘ldiradi va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi. DXM yoki YaIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani ekologiya qo‘mitasiga yuboradi.
Ekologiya qo‘mitasi elektron tarzda yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma olishga taqdim etilgan xujjatlarni 15 ish kun mobaynida ko‘rib chiqadi.
Ekologiya qo‘mitasi tomonidan ijobiy hulosa berilganda, (O‘zbekiston Respublikasining 08.07.2020-yildagi O‘RQ-627-sonli qonuning 1-ilovasiga asosan) yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar bo‘yicha hisob taqdim etadi.
Arizachi tomonidan hisob asosida to‘lov amalga oshirilgandan (to‘lov tushgandan) so‘ng Ekologiya qo‘mitasi ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kuni uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va DXMga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi



Bog‘lanish: +998 (71) 207-07-70 (1026)



Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar



Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi



Xizmatni ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni mobaynida



Xizmat narxi:

Jismoniy shaxslar uchun BHMning 0,1 nisbatan koeffitsient miqdorida;

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining 08.07.2020-yildagi O‘RQ-627-sonli qonuning 1-ilovasiga asosan yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlarni amalga oshirish zarur.



Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.18 BHM