Firibgarlik - aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Firibgarlik:
ancha miqdorda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
kompьyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa - jazolanadi.
Quyidagi hollarda sodir etilgan firibgarlik:
ko‘p miqdorda;
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa - jazolanadi.
Firibgarlik 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin:
juda ko‘p miqdorda;
o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa - jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Jabrlanuvchi firibgarlikdan aziyat chekganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishi lozim.