O‘g‘rilik - o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
O‘g‘rilik:
jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);
ancha miqdorda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan bo‘lsa - jazolanadi.
Quyidagi hollarda sodir etilgan o‘g‘rilik:
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
kompьyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;
ko‘p miqdorda;
neftь quvurlarida, gaz quvurlarida, neftь va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo‘lsa - jazolanadi.
O‘g‘rilik 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi:
juda ko‘p miqdorda;
o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa.
O‘g‘irlikdan jabr ko‘rganda ichki ishlar organlariga murojaat qilish lozim.