Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish - jarimaga sabab bo‘ladi.
Talon-toroj qilingan mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.
Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa - jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish - jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish - jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan havolada tanishing.