Agar siz adliya organlari va muassasalarida korruptsiyaga duch kelsangiz, adliya organlariga xabar bering!
Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
FHDYo organlari;
davlat xizmatlari markazlari;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
Intellektual mulk markazi;
davlat notarial idoralari va arxivlari;
Yuristlar malakasini oshirish markazi;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
Yuridik texnikumlar;
TDYuU qoshidagi akademik litseydagi korruptsiya holatlari haqida ma’lumotlarni telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.
Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.