Qanday qilib miyani aldab ozish mumkin?!

🧠 Qanday qilib miyani aldab ozish mumkin?!

☘️Miya — dunyodagi eng xudbin a’zo. U dangasa, noqulaylikdan qo‘rqadi va faqat o‘zi haqida o‘ylaydi. Aynan uning o‘jarligi tufayli oqshomlarimizni divanda serial ko‘rib, shirinliklar yeb o‘tkazamiz. Biroq «Layfxaker»da ta’kidlanishicha, miyani aldash oson.

🌴1. Kichik idishdan foydalaning

Katta va kichik likopchadagi bir xil taom porsiyasi miya tomonidan turlicha qabul qilinadi. Uncha katta bo‘lmagan idish toam ko‘pdek tasavvur uyg‘otadi va miya buni xursandchilik bilan qabul qiladi. Oshqozoningiz esa farqni sezmaydi. Shunday ekan, kichik likopchalardan foydalanishni odat qiling

🌴2. Sanchqini stolga qo‘ying

Taomda eng asosiysi — onglilik. Biz sokinlikda, taom bilan birga-bir o‘tirib ovqatlanishni yoddan chiqardik. Miyamiz esa o‘z vaqtida «to‘xta» demaydi. Taomni sekin va ongli ravishda iste’mol qilishni o‘rganing. Bir porsiya taomni og‘zingizga solib, sanchqini chetga olib qo‘ying va sekin chaynang. Ovqatning hidi va ta’mini, tarkibini his qilishga harakat qiling.

Taomni yaxshilab chaynab bo‘lgach, yana sanchqini qo‘lga olishga shoshilmang. Oshqozondan miyaga signal borishini kuting. Shu tariqa taom iste’molini nafaqat ongli ravishda amalga oshirasiz, balki o‘zingizni ortiqcha yeyishdan saqlaysiz.

🌴3. Chalg‘imang

Ko‘pchilik unutib yuborgan muhim qoida: kompyuter yoki televizor qarshisida ovqatlanmang. Taomdan chalg‘iganingizda jarayon ongsiz ravishda kechadi va miya to‘qlik hissini nazorat qila olmaydi. Bundan tashqari, sokin muhitda taomdan zavqlanish yoqimliroq.

🌴4. Tamaddi qilishni rejalashtiring

Ongli ravishda tamaddi qilish nonushtadan kam ahamiyatga ega bo‘lmagan muhim jarayon. Biz odatda yo‘l-yo‘lakay yoki qandaydir ishni bajarish davomida tamaddi qilamiz. Bunday odat nimaga olib kelishini yaxshi bilsangiz kerak — ortiqcha vaznga! Taom qabul qilishga doir reja tuzing va unga tamaddi qilish jarayonlarini ham qo‘shing. Ochlik hissi paydo bo‘lishi bilan o‘zingizga «Men albatta tamaddi qilaman, faqat belgilangan vaqtda», deb ayting.

🌴5. Ko‘proq suv iching

Biz suvsiz yuraverishga o‘rganib qolgan ekanmiz, organizm uni yegan taomimizdan ajratib olishni o‘rgangan. Bu nimaga olib kelishini anglayotgandirsiz? Biz ko‘pincha ochlik hissini tashnalik bilan adashtiramiz. Keyingi safar yengil ochlikni his qilganingizda bir piyola suv iching. Shunda ham ochlik hissi tark etmasa, unda tamaddi qilib olishingiz mumkin.

🌴6. Taomning yarmini o‘zingiz bilan olib keting

Restoran yoki kafeda buyurtma qilgan ovqatingizni ikkiga ajratib, yarmini o‘zingiz bilan birga olib ketishga odatlaning. Faqat bu ishni ovqatga qo‘l urishdan oldin amalga oshiring, aks holda, o‘zingizni tiyolmay qolishingiz mumkin. Ofitsiantdan konteyner olib kelishni so‘rang va darhol taomingizni yarmini unga solib qo‘ying. Shunda ovqatni oxirigacha yemaganingiz uchun vijdoningiz qiynamaydi, organizmingiz esa o‘zi uchun yetarli taom bilan qanoatlanadi.

🌴7. Ba’zan ayyorlik qilish kerak

Sevimli yeguliklar yoki shirinliklardan tiyilish juda qiyin. Boz ustiga, parhez vaqtida organizmingiz shusiz ham kuchli stressga yo‘liqadi. O‘zingizga biroz shirinlik yeyishga izn bering, lekin uyda emas. «Uy-yegulik-rohat» zanjirini uzish kerak.

Agar muzqaymoq yegingiz kelsa, eng yaqin oradagi kafega boring va kichik porsiyada muzqaymoq oling. Shunda miyangiz yegulikni uy bilan bog‘lamaydi, siz esa qay darajada shirinlik yegingiz kelayotganini buning uchun ko‘chaga chiqishga tayyor yoki tayyor emasligingizga qarab tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.

🌴8. Real maqsadlar qo‘ying

Sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazmay, uch oyda 30 kg vazn tashlay olmaysiz. Muvaffaqiyatni kiyim o‘lchami bilan baholamang. Yaxshisi zararli odatlardan qutulish va to‘g‘ri ovqatlana boshlashni, organizmingiz uchun qayg‘urishni maqsad qiling. Bu uzoq va mashaqqatli usul. Keng ko‘lamli maqsadlar yarim yo‘lda undan voz kechishga majbur qilishi mumkin. Shoshilmang, kichik qadamlar bilan harakat qiling, orqaga qaraganingizda esa qanchalik ko‘p yutuqqa erishganingizni anglaysiz.

@doridarmonlar