Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 126-modda.
Shuni aytish joizki, ko’p xotinli bo’lish deganda bir uyda bir nechta (kamida 2 ta) xotin bilan er-xotin bo’lib yashash tushuniladi. Agar er ko’p xotinli bo’lsa-yu, ammo ular bilan bir uyda yashamasa, ya’ni xotinlar alohida-alohida ro’zg’or asosida boshqa-boshqa uyda yashashsa, bu jinoyat hisoblanmaydi.
Manba: civil.uz