Odamning ulug‘ligi bo‘yi bilan o‘lchanmaganidek, xalqning ulug‘vorligi ham uning soni bilan o‘lchanmaydi; yagona o‘lchov, uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V. GYuGO
Hozirgi jamiyatlar uchun tarbiya masalasi kelajak taqdiri bilan bog‘liq hayot-mamot masalasidir.
E. RENAN
Avvalgi zamonlarda vorislik yordamida, asriy urf-odatlar, urug‘-aymoqchilik va xalk, udumlari yordamida erishilgan narsalarga endilikda faqat ta’limning ko‘magi bilangina erishish mumkin.
E. RENAN
Ta’limga ehtiyoj har bir kishida mujassam; xalq nafas olish uchun havoni qanchalik ardoqlasa va izlasa, u ta’limni ham shu qadar e’zozlaydi va izlaydi.
L. N. TOLSTOY
Tarbiya — vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyag‘a yetgach, bilimning bu ikki turi biri birini to‘ldiradi.
V. GYuGO
Barcha ta’limlarning bosh vazifalaridan biri shundaki, ular mutlaq farog‘at sari nihoyasiz intila borishdek umumiy ishda insoniyat uchun muttasil ravishda yangi avlodlarni yetishtirib beradi.
K. D. UShINSKIY
Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Vilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yonmoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.
N. A. RUBAKIN
Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosabatlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uzluksiz egallash, deb qarash mumkin.
A. SEN-SIMON
Umumiy ta’lim insoniyat va ayrim shaxs orasidagi mavjud tabiiy aloqaning tasdig‘i va anglashinishidir.
D. I. PISAREV
Sivilizatsiyaning buyuk vazi-fasi — odamni fikrlashga o‘rgatishdir.
T. EDISON
Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmay nimadan?
A. S. PUShKIN
Bilimli odam, uni qurshab turgan hayotning barcha tomonlari va jabhalari bo‘yicha o‘z dunyoqarashi, o‘z mushohadasiga ega bo‘lgan kishidir.
N. A. RUBAKIN
Ta’lim va kamolotning turi ko‘p, ularning har biri o‘zicha muhim, ammo axloqiy ta’lim ularning barchasidan yuqori turmog‘i lozim.
V. G. BELINSKIY
Tarbiya ishida har bir kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilish bilap ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur.
A. EYNShTEYN
Davlatning gullab-yashnashn, xalqning farog‘ati beshak olijanob xulq-odobga bog‘liq, olijanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir.
N. I. NOVIKOV
Tarbiya asoson bizning dilimizga individ va jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat urug‘larini sochmog‘i lozim.
K. GELVESIY
Odamda cheksiz ijodiy quvvatlar mujassamki, aks holda, u odam bo‘la olmasdi. Bu quvvatlarni ro‘yobga chiqarmoq va ochmoq lozim. Buni adolatga undovchi hamdu sanolar bilan emas, balki insonga qulay ijtimoiy va moddiy shart-sharoitlarni yaratib berish bilan hal etmoq zarur.
A. N. TOLSTOY
Tarbiya — faqat insonzehni-ni o‘stirish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘otmog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la oladi.
K. D. UShINSKIY
Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir.
A. S. MAKARENKO
Tarbiyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur etishgina emas, balki shu yaxshi ishlardan huzurla-nishga ham o‘rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak.
J. RESKIN
Tarbiya bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim.
M. MONTEN
Nazarimizda bolalarning a’zoyi-badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shundayligicha qoldiraverishdan qoniqmaymiz,— biz ularning tarbiyasi va o‘qishi haqida gamxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yaxshilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak.
LUKIAN
Tarbiya odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa biliat imkoniyatini bermog‘i zarur.
K. D. UShINSKIY
Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash — har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir, zero o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q.
SUQROT
Har bir mamlakatda insonni voyaga yetkazish san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim o‘zgarishni davlat tuzumining o‘ziga o‘zgartish kiritmasdan turib amalga oshi-rish mumkin emas.
K. GELVESIY
Ta’lim haqiqiy, to‘la, ravshan va mustahkam bo‘lmog‘i zarur.
Ya. KOMENSKIY
Tarbiya chinakam tarbiya bo‘lsagina yuksak ezgulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi.
R. KIPLING
Tarbiya — buyuk ish: tarbiya bilan inson qismati hal etiladi.
V. G. VELINSKIY
Odam qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, el-yurtga shunchalik foydasi tegadi.
A. S. GRIBOEDOV
Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir.
EPIKTET
Tarbiya ikki negizga — axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim: birinchisi — yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi — o‘zgalar illatidan himoya qiladi. Agar faqat axloqqagina tayanilsa, unda siz g‘irt befahmlar yoki dodvoychi dardisarlarni, faqat oqillikka tayanilsa — xudbin shaxsiyatparastlarni tarbiyalab yetishtirishingiz mumkin.
N. ShAMFOR
Odam bolalikdanoq yaxshilik va go‘zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo‘ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go‘zallik kurtaklarisiz hayotga yo‘llab bo‘lmaydi.
F. M. DOSTOEVSKIY
Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, to‘laqonli barkamol insonni voyaga stkazish mumkin emas.
R. TAGOR
Go‘zallikni his etgan kishigina chin inson hayoti mohiyatini anglab yetishi va tushunishi mumkin.
F. E. DZERJINSKIY
Madaniyat tarixini bilmay turib, madaniyatli kishi bo‘lish mumkin emas.
M. GORKIY
Muzika ko‘ngilga axloqan muayyan ta’sir ko‘rsatish quvvatiga ega; hamonki, muzika shunday xislatga ega ekan, u yoshlarni tarbiyalash predmetlari qatoriga qo‘yilmog‘i lozim.
ARASTU
Muzika — tafakkurning qudratli manbai. Musiqiy tarbiyasiz tom ma’nodagi aqliy kamolot bo‘lishi mumkin emas.
V. A. SUXOMLINSKIY
Gimnastika inson qaddini rostlaganidek, muzika ham inson qalbini rasolaydi.
V. A. SUXOMLINSKIY
Ta’limning inson uchun buyuk ezgulik ekanini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Ma’lumotsiz odamlar ham dag‘al, ham qashshoq va ham baxtsizdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Inson tom ma’noda ma’lumotli bo‘lmog‘i uchun unga uch xislat — chuqur bilim, fikrlash ko‘nikmasi va olijanob tuyg‘ular zarur. Kimdaki bilim sayoz ekan, u nazokatsiz bo‘ladi; kimki mulohaza yuritish odatidan mahrum ekan, u dag‘al yoki befarosatdir; kimdaki olijanoblik tuyg‘usi bo‘lmasa, u bema’ni odamdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Ilmsiz odam ko‘rolmagan, ko‘rganda ham uning biror tomonini ko‘rib shu haqda mulohaza yuritgan joyda bilimli odam uning barcha qirralarini ko‘ra oladi.
N. A. RUBAKIN
Yomon tarbiya ko‘rgan odamning dadilligi qo‘pollikka o‘xshaydi; donishligi o‘taketgan rasmiyatchilikka; gapga chechanligi — maynabozchilikka, oddiyligi — dag‘allikka, ko‘ngilchanligi — tilyog‘lamalikka aylanib ketadi.