Aftidan, barcha tug‘ma ehtiroslarimiz ichida, ayniqsa g‘ururimizni yengishimiz qiyin bo‘lsa kerak; uni qancha berkitma, u bilan qancha olishma, bo‘g‘ma, chala o‘lik qilma — bari bir u yashayveradi, vaqti-vaqti bilan haddan oshib, o‘zini ko‘rsatib turadi.
B. FRANKLIN
G‘urur barchaga xos xususiyat: ammo farqi shundaki, uni qachon va qayerda ko‘rsatishni bilish kerak.
F. LAROShFUKO
Garchi g‘urur yaxshilik hisoblanmasa-da, lekin ko‘p yaxshiliklarning boshidir.
J.KOLLINZ
Chinakam g‘urur o‘ta tortinchoq bo‘ladi va kishilar mulohazasidan qo‘rqadi.
N. V. ShELGUNOV
Agar biz haqiqiy g‘ururli bo‘lganimizda dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi.
I. ZEYME
G‘urur — olijanob hissiyot — u shaxsiy kamchiliklardan ko‘z yummaydi. Dimog‘dorlik esa buning aksi.
G. LIXTENBERG
Dimog‘dorlik g‘ururga pichingdir.
E. FEYXTERSLEBEN
G‘urur odamning shaxsidan boshqa uning barcha illatlarini yo‘qotadi.
R. EMERSON
Hamiyatimiz emas, g‘ururimiz bizni ayb qilib qo‘ygan kishilarga aql o‘rgatishga undaydi; biz ularni o‘nglash uchun emas, o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilish uchun ularga dakki beramiz.
F. LAROShFUKO
G‘urur ko‘nincha haqiqiy ulug‘vorlikka g‘ov bo‘ladi.
M. JANLIS
G‘urur — o‘zga hamma odamlarga nisbatan o‘ziga xos bir nafratdir.
TEOFRAST
Mag‘rur kishilar boshqalardagi g‘ururni singdira olmaydilar.
B. FRANKLIN
Agar bizni g‘urur qiynamaganda, boshqalarning g‘ururidan shikoyat qilmas edik.
F. LAROShFUKO
Mag‘rur odam kamdan-kam olihimmatdir: u doimo o‘zi munosib bo‘lganidan kam olyapman, deb o‘ylaydi.
G. BIShER
G‘urur kalta o‘ylash va o‘z-o‘zini bilmaslikdan kelib chiqadi.
J. ADDISON
Pastkash qalb, ortiqcha g‘urur — achigan balchiqday gap.
Past odamlarning g‘ururi shundan iboratki, ular doimo o‘zlari haqida gapiradilar, chinakam insonlarning g‘ururi esa o‘zi haqida mutlaqo gapirmaslikdir.
F. VOLTER
Mag‘rurning ko‘rinishi xunuk.
A. TERMIZIY
G‘urur hamisha yomon darslikdir va o‘rtamiyonalikning nimdosh pardasidir.
J. MASIYON
Mayda odamlarda g‘urur katta bo‘ladi.
F. VOLTER
G‘urur — ojizlar yupanchi.
L. VOVENARG
Ortiqcha gurur — pastkash qalb niqobi.
I. S. TURGENEV
Magrur odam muz qobig‘iga o‘ralib qolishi turgan gap. Bu qobiqni hech bir tuyg‘u yorib o‘tolmaydi.
L. N. TOLSTOY
G‘urur — sirg‘anchiq qoya bo‘lib, pastlikda bizni takabburlik va manmanlik kutadi.
P. DEKURSEL
O‘zimizdagi bema’ni xislatlarni o‘zimizchalik hech kim bilmaydi, lekin shunga qaramay, hech kim bizni o‘zimizchalik yuqoriga ko‘tarmaydi.
F. ChENMAN
O‘ziga mahliyo odam o‘z xislatini shu qadar kattalashtirib ko‘radiki, uning oldida mikroskop ham hech gap emas.
A. POP
Shuhratparastlik — xushomadgo‘ylikning yuksak cho‘qqisi.
F. LAROShFUKO
Shuhratparastlik oldida har qancha xushomadgo‘ylik ham uch pul.
F. LAROShFUKO
Shuhratparastlik bobida qancha-qancha kashfiyotlar qilinmasin, bari bir uning hali ko‘z tegmagan joylari ko‘p.
F. LAROShFUKO
O‘z-o‘ziga mahliyolik umrbod davom etadigan hikoyatdir.
O. UAYLD
Agar tabiat kimningdir aqlida g‘ov qoldirsa, odatda man-manlik ohapg bilan suvab ketadi.
G. LONGFELLO
O‘ziga-o‘zi mahliyo odamga teng kelish qiyin.
SISERON
Kim o‘zini haddan tashqari yaxshi ko‘rsa, uni boshqalar yaxshi ko‘rmaydi, chuiki odob yuzasidan unga raqib bo‘lib o‘tirmaydilar.
V.O. KLYuChEVSKIY
O‘z-o‘ziga mahliyolik va dimog‘dorlik o‘z qadrini bilish tuyg‘usi emas.
F. M. DOSTOEVSKIY
O‘ziga-o‘zi mahliyo odam — ahmoq bilan surbet orasidagi dardisardir: unda ahmoqdan ham,surbetdan ham nimadir bor.
J. LABRUER
Tabiat kimnidir yaxshi fazilatlardan qisgan bo‘lsa, o‘sha odam bu kamchilikni takabburlik bilan yopmoqchi bo‘ladi.
ERAZM ROTTERDAMSKIY
Surbetlik chegaradan chiqqan izzattalablikdir: izzattalab odam charchatadi, jonga tegadi, bezdiradi; surbet jirkantiradi, g‘azabga soladi, qonni qaynatadi, tahqirlaydi.
J. LABRUER
Magrurlik g‘alati xususiyatga ega. Kishi qancha aqlli, o‘qimishli, ajoyib iste’dod egasi, hatto qalbi toza bo‘lmasin — agar u ortiqcha gerdaysa, yuqo-ridagi bari fazilatlari qusurga aylanadi.
L. N. TOLSTOY
O‘zidan hayratlanish va o‘zini aqlli deya qat’iyan ishonish baxtsizliqdir, faqat aqlsiz yoki aqli kalta odamlargina shunday dardga mubtalo bo‘lishlari mumkin.
J. LABRUER
Kishi o‘zidan qanchalik mamnun ekan, unda mamnun bo‘ladigan xislatlar shu qadar kamdir.
L. N. TOLSTOY
Odam o‘zi haqida qanchali yuqori fikrda bo‘lsa, uniig ahvoli shu qadar mo‘rtdir.
L.N. TOLSTOY
Kishi shaxsini yerga uruvchi illatlardan eng qabihi va nafratga loyig‘i o‘ziga o‘zi mahliyolikdir.
U. TEKKEREY
Faqat o‘zini o‘ylaydigan donolik, qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar qabihlikdir.
F. BEKON
O‘ziga-o‘zi mahliyolik shishirilgan pufak, uni teshilsa, faqat havo chiqadi.