O‘zni tuta bilish to‘g‘risida

Hamma g‘alabalar o‘z ustingdan qozonilgan g‘alabadan boshlanadi.

L. M. LEONOV


Haqiqiy buyuklik o‘zni tuta bilishdan iborat.

F. LAFONTEN


O‘zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne’matlarning biridir.

J. PRENTIS


O‘zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo‘ladi.

SENEKA


Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir.

DEMOKRIT


O‘z ruhini bo‘ysundirgan kishi shaharlarni zabt etgan kishidan ham kuchliroqdir.

E. XEMINGUEY


Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o‘zni tutishga harakat qilishdir.

V. GUMBOLT


Qalbning qudratli ustivorligi mislsiz in’omdir. U bor ekan, hayotda hech narsa qo‘rqinchli emas.

ARXILOX


O‘zini yenga bilgan kishidan ko‘ra kuchliroq g‘olib yo‘q.

G. BIShER


O‘zini mardona yenga olish — men uchun har doim ongli inson faxrlansa arziydigan eng buyuk yutuqlardan biridek tuyulib keladi.

P. BOMARShE


O‘zini tuta biladigan kishigina erkindir.

F. ShILLER


Mardlik bilak kuchida va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir.

SA’DIY


Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i kerak.

SISERON


ziyouz.uz