NOTANISH QIZ
U bu qizni tanimasdi. Shunchaki tabassumi yoqardi uning. Har kuni erta tongda shohbekat tomon yurarkan, bu go‘zal tabassum sohibasiga bir nigoh tashlamay o‘tmasdi. Kunlari farahbash edi. Qaytayotganida ham o‘ziga qadrdon oynani uzoqdan mo‘ljalga olardi. Yana fusunkor tabassum… Qanchalar baxt!
Bir kuni va, nihoyat, u qat’iylashdi. Muyulishdan gul sotib oldi-da, o‘sha qadrdon deraza tomon dadil yurdi. O‘sha go‘zal tabassum. Gullarni uzatar ekan….
– Uzr, qizim tug‘ma nogiron, – yosh to‘la ko‘zlari bilan tabassum qildi ona. – Uning qo‘llari yo‘q.
Gullarni mushtiparga tutqazsa bo‘lardi, qimmatga olgani miyasida yarq etdi.