Kanallar uchun eng foydali botlar

? Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar. ?


Men kanalni yuritishda sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan Telegram botlarini to‘pladim. Ba’zilari uchun esa foydalanish uchun ko‘rsatmalar keltirdim). Yaxshi, boshladik unda!


▪️@ControllerBot — ushbu bot bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin: postlarni tayyorlash va kanalga ma’lum vaqtda chiqishini sozlash, layklar qo‘shish, havolalar biriktirilgan tugmalar qo‘shish, rasmlarni biriktirish, matnga havolalarni qo‘shish. Ushbu bot har bir kanal adminida bo‘lishi lozim! Uni qanday yaratish (https://telegra.ph/ControllerBot-uchun-korsatma-12-24) va undan qanday foydalanish (https://telegra.ph/ControllerBotdan-foydalanish-12-24) bo‘yicha sizlarga ko‘rsatma keltirdim.


▪️@LivegramBot — adminlar bilan savol/javoblar qilish uchun kanalga ulanuvchi maxsus bot. Kanalning tavsifida o‘z akkauntingizni qoldirdingiz va sizni xabarlar bilan ko‘mib tashlashyabdimi? Ushbu Feedback-botini yaratib oling, u chindan ham yordam beradi. Masalan mening botim — @itspecuz_comment_bot, unga yozasiz, u menga xabar beradi va men sizga u orqali javob yozaman. Qo‘llanmasi quyida keltirilgan (https://telegra.ph/LivegramBot-yordamida-Feedback-botini-yaratish-12-24).


▪️@ComenBot — agar sizga yozuvlaringiz uchun izohlar kerak bo‘lsa, unda ushbu bot postlaringizga izoh qoldirish imkonini beradi.


▪️@Crosser_Bot — ushbu bot yordamida o‘z Telegram kanallaringiz auditoriyasining boshqa kanallar bilan kesishmasini hisoblashingiz mumkin. O‘zaro auditoriyani baholash boshqa kanallarda reklamani samarali xarid qilishingizga imkon beradi. Siz shuningdek bu bot orqali o‘z auditoriyangizdagi “o‘lik obunachilar”ni aniqlab, ulardan kanalingizni tozalab turishingiz mumkin. Xullas, foydali bot). Qo‘llanmasi quyida keltirilgan (https://t.me/itspecuz/2432).


▪️@TGstat_bot — kanalingiz statistikasi uchun bot. Bot kunlik ko‘rishlar soni, kunlik qamrov, boshqa kanallarda kanalingizni eslatilishlari soni va obunachilar miqdorini ko‘rsatadi.


▪️@Vote — matnli tugmalar yordamida so‘rovnomalarni yaratish boti, u orqali kanalingiz kuzatuvchilarining fikrlari va qiziqishlarini bilishingiz mumkin. So‘rovnomalarni anonim va noanonim tarzda uyushtirish mumkin.


▪️@Like — emodzilar yordamida, layk va dizlayklar uslubida so‘rovnomalarni yaratish boti. Kontentingiz qancha layk to‘plashini bilib oling. ?


▪️@BotFather — botlarning otasi. Botlarni yaratish uchun bot.