Transportda toʻxtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
O’zgarishlarda yo’l harakati qoidalari ham o’rin olgan. Bunga ko’ra, transportda toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (490 ming soʻm) etib belgilandi. Avval bu miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (735 ming soʻm)ni tashkil qilar edi.
Shuningdek, takroran sodir etilgan ushbu qoidabuzarlik uchun oshirilgan miqdordagi jarima solish tartibi bekor qilindi. Yaʼni:
— Ilgari bir marta jarima qoʻllangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming soʻmgacha jarima solinar edi.
— Endi necha marta qoida buzilganidan qatʼi nazar bir xil — BHM 2 baravari (490 ming soʻm) miqdorida jarima solinadi.
@NarxiQancha | Manba (https://t.me/xushnudbek/9341)