Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra olimlar erkaklarda jinsiy aloqa lazzati oqibatida sababli erkaklar umrini uzayishini eyakulyatsiya va orgazm vaqtida qonga endorfinlar, ya’ni rohat/lazzat gormonlarining ko‘p miqdorda chiqishi bilan bog‘liq deb topishgan. Tabiiyki, jinsiy aloqa ham jismoniy harakatning bir turi. Jinsiy aloqa ham, boshqa aktiv jismoniy harakatlar singari organizmdagi taranglik, dimlikni yo‘qotadi. Oqibatda erkakning asab-ruhiy tizimi tinchlanadi, yurak-qon tomir va boshqa a’zolar tizimlar faoliyatiga yaxshi ta’sir qiladi. Qizig‘i shundaki, ba’zi ilg‘or g‘arb olimlari “uylanmagan erkaklar har kecha o‘ziga ayol topib, shu ayol bilan lazzatlanib qolishiga o‘z umrini uzaytirib ham olishadi, so‘taklari esa uyda o‘tirib lazzat va umr uzayishidan mosuvo bo‘ladi” degan kulgili fikrlarni ham bildirishadi. Lekin palapartish va notanish ayollar bilan jinsiy aloqa qilish orqasidan bir kecha lazzatlanib ming kecha doktorga yugurishga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Asorati hattoki, befarzandlikkacha olib kelishi ham mumkin.
Jinsiy aloqa birdek ayol va erkak uchun foydali. Ayniqsa, muntazam ravishda, maromli holatda, chiroyli holda amalga oshib, er va xotinning lazzatlanishi va qoniqishi bilan yakunlansa, jinsiy aloqaning foydasi yanada kuchliroq bo‘ladi.
Jinsiy aloqaning foydalari ko‘p, ularni ba’zilarini sanab o‘tish mumkin:
1. Jinsiy aloqada mushaklar va yurak qon tomir tizimi faol ishlaydi. Shu sabab uni mehnat va sport mashg‘ulotiga bemalol solishtirsa va tenglashtirsa bo‘ladi. Shuning uchun organizmda yog‘lar erib, ortiqchasi yoqilib sarf bo‘ladi. Natijada ortiqcha kaloriya yo‘qolib semirish profilaktika bo‘ladi.
2. Semirish impotensiya, ya’ni jinsiy zaiflik va insonlar o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘luvchi yurak qon tomirlar tizimi xastaliklari ekanini nazarda tutsak, jinsiy aloqa foydasi yanada beqiyos bo‘ladi.
3. Yuqorida aytilganidek, aloqa paytida mushaklar faol harakatlanadi. Ayniqsa, bu harakatlar bel, dumba, son va tos mushaklarida yaqqol ko‘rinadi va shu mushaklarga asosiy kuchanish va zo‘riqish kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida bu mushak va sohada qon aylanishini kuchaytiradi. Oqibatda modda almashinuvi tezlashishishi organizmda bir qator jarayonlarga yaxshi ta’sir qiladi
4. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, jinsiy aloqa ham, har qanday jismoniy harakat va aktivlik bilan o‘tadigan mehnat yoki sport mashg‘ulotlari singari, qonda immunoglobulin miqdorini oshiradigan omillardan biri. Aynan mana shu omil ham maromda, muntazam va vaqtida jinsiy aloqa qiluvchilarda shamollash kasalliklari kamroq kuzatilishiga sabab bo‘ladi.
5. Maromda, muttasil, vaqtli jinsiy aloqalar tanosil a’zolari bo‘lmish urug‘ pufakchalari, prostata bezi, moyak kabi a’zolarda qon dimlanishi oldini oladi. Oqibatda qon aylanishi yaxshilanib, a’zolar faoliyati, oziqlanishi va ulardan zaharli chiqindilar chiqib ketishi osonlashgach ulardagi prostatit, vezikulit, orxit, epididimit singari kasalliklar profilaktika bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida impotensiya va boshqa ko‘ngilsizliklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
6. Ritmik, bir maromda, muntazam bo‘ladigan jinsiy aloqa jinsiy faoliyatning qarishi, ya’ni klimaksning yengilroq o‘tishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda klimaks kabi ko‘ngilsiz holat umuman bilinmay, xuddi ro‘y bermagandek o‘tib ketishi mumkin. Bu ham jinsiy aloqa ritmi va muntazamligi bilan bog‘liq.
7. Jinsiy aloqada eyakulyatsiya sodir bo‘lishi organizmda ancha quvvat, oqsil, mineral va boshqa zarur moddalar sarflanishiga sabab bo‘ladi. Yo‘qolgan zaxira o‘rnini to‘ldirish uchun organizmda moddalar almashinuvi kuchayadi, hazm yaxshilanib, hazm qilish tizimi ishini yaxshilanishi va iste’mol qilingan taomdan yanada ko‘proq naf olinishiga olib kelishi e’tiborga loyiq.
8. Muntazam va to‘laqonli jinsiy aloqa siydik qovug‘i mushaklarini tonusini yaxshilaydi. Oqibatda siydik prostata ichiga kira olmaydi, qovuq tonusi yaxshiligi sabab qovuq siydikdan to‘la bo‘shaladi. Demak, qovuq bo‘shashib chala siyishga yoki siydik tomchilashiga o‘xshagan noxushlik bo‘lmaydi.
9. Jinsiy aloqa uchun kerak bo‘ladigan testosteronning bioaktiv shakli ishlab chiqarilishi kuchayadi. Bu organizmda suyak va mushak tizimi mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.
10. Ritmik, bir maromda, muntazam bo‘ladigan jinsiy aloqa qiluvchilarda o‘sma kasalliklari kamroq kuzatilish qayd qilingan.
11. Muntazam, ritmik, vaqtida va shahvat to‘la yetilishi bilan bo‘ladigan jinsiy aloqa yurak-qon tomir tizimiga ancha yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
12. Jinsiy aloqa erkakda kayfiyatni ko‘taradi, ruhan tetiklantiradi. Bu esa jinsiy dimiqish davridagi oddiy muammolar katta va mushkul bo‘lib, ko‘rinishini yo‘qotadi va inson yangi dovonlar va yangi muammolarni hal qilishga ruhan va jismonan tayyor bo‘lib qoladi.
13. Ishtiyoq paydo bo‘ldimi, demak qilinayotgan ishdan ruhiy qoniqish hissi kuchayadi, baxtlilik indeksi ortadi va qolaversa qilinayotgan ishdan samara ham ko‘proq kuzatiladi. Baxtli va ruhan tetik inson hayotda yangi marralar va maqsadlar sari intilaveradi, jamiyatga foydasi tegaveradi.
Barcha erkaklar jinsiy hayot kechirishadi. Uning muntazamligi, qancha ko‘p va tez-tez bo‘lishi erkak organizmi xususiyatlari, mijozi va yoshiga qarab turlicha bo‘ladi. Odamlar orasida jinsiy aloqa foyda va zararlari haqida tagi bor-yo‘q gaplar ko‘p aylanadi. Umid qilamizki, bu ma’lumot ko‘pchilik uchun ham manzur ham foydali bo‘ladi.
Lekin maqoladan maqsad qancha ko‘p jinsiy aloqa qilinsa, shuncha yaxshi degan ma’no tushunilmasligi kerak. Yuqorida aytib o‘tilganidek, har bir erkak o‘z mijozi, yoshi, ehtiyoji, organizmi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda organizmni zo‘riqtirmaydigan holatda jinsiy hayot kechirishlari lozim. Shakarni ham ozi shirin deyilganidek, har jabhada, hattoki jinsiy aloqalarda ham, me’yor degan mezon bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Qolaversa, yuqorida aytib o‘tganimizdek oilaviy hayotning OLTIN QOIDASI shuki, “Kelgan shahvatni qaytarma, yo‘q shahvatni sun’iy qo‘zg‘atma”. Shu qoidaga amal qilgan doim nikoh to‘shagida “uzoq yashovchan” bo‘ladi va baxtli umrguzaronlik qiladi.