Agar kimningdir buyragida tosh borligi aniqlansa, uni xurmo urug‘i yordamida daf qilishning imkoni bor.
Buning uchun 0,5 kilogramm xurmo yuvilib, o‘rtasidan bo‘linadi va ichidagi urug‘i alohida ajratib olinadi. So‘ng urug‘ 1,5 litr suvga solinib, 20 daqiqa past olovda qaynatiladi. Tayyor damlamani 1 oy davomida kuniga yarim piyoladan bir mahal qabul qilish tavsiya etiladi.Agar kimningdir buyragida tosh borligi aniqlansa, uni xurmo urug‘i yordamida daf qilishning imkoni bor.
Buning uchun 0,5 kilogramm xurmo yuvilib, o‘rtasidan bo‘linadi va ichidagi urug‘i alohida ajratib olinadi. So‘ng urug‘ 1,5 litr suvga solinib, 20 daqiqa past olovda qaynatiladi. Tayyor damlamani 1 oy davomida kuniga yarim piyoladan bir mahal qabul qilish tavsiya etiladi.
Shuningdek, zaytun yog‘ini 3 hafta davomida kuniga 1 osh qoshiqdan bir marta ichish buyrakdagi toshlarni tushirishda asqotadi.
Buyrakni toshlardan tozalashda makkajo‘xorining popugini qo‘llasa ham bo‘ladi. 15 dona makkajo‘xori popugi ajratib olinadi. So‘ng 1 litr suvga solinib, 20 daqiqa davomida qaynatiladi.
Tayyor malhamni kuniga 3 mahal nonushtadan keyin 1 osh qoshiqdan 3 hafta davomida ichish tavsiya etiladi. Agar damlamaning foydasini sezsangiz, 10-15 kundan keyin muolajani takrorlashingiz mumkin.