Qanday holatlarda koronavirus infeksiyasi pnevmoniyani keltirib chiqaradi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova javob berdi:


— Koronavirus infeksiyasi ta’sirida inson organizmida kasalliklar rivojlanishi mexanizmi bo‘yicha shifokorlar va olimlarda turli xil fikr va g‘oyalar mavjud.

Xitoy, Janubiy Koreya davlatlari shifokor va olimlari o‘z malakalari bilan bo‘lishgan maqolalarida, koronovirus keltirib chiqaradigan zotiljam (pnevmoniya)ni rivojlanishida virusning o‘rni katta ekanligini bildirishadi. Unda zotiljam virusning kuchli ta’siri ostida paydo bo‘lishi va tez rivojlanishib ketishi haqida yoritiladi. Mazkur zotiljam rivojlanishida Ovropa davlatlari olimlari, uning jadal kechishida sitokin shtormning o‘rni katta ekanligini bildirishadi, bunday shtorm bemor ahvolini og‘irlashtirib nafas yetishmovchiligini kuchaytirishi to‘g‘risida yoritilgan maqolalar mavjud.

Ba’zi holatlarda esa, koronavirus yengilroq kechib turib, inson organizmi immun tizimi pasayishi oqibatida virus davri tugaganiga qaramay zotiljam rivojlanganligi, uning rivojlanishida ikkilamchi infeksiya, ya’ni bakteriyalar o‘rni borligini ham yoritishgan. Bunday, holatlarni o‘z vaqtida murojaat etilmagan hamda o‘z vaqtida to‘g‘ri davo choralari olib borilmagan bemorlardagi koronavirusning asorati sifatida keltirilgan.

sof.uz