Organizmdagi tizimlarning normal faoliyati uchun bizga bir qator vitaminlar va foydali elementlar zarurligiga shubhamiz yo’q. Ammo ko’p holatlarda biz ushbu faktga unchalik ahamiyat bermaymiz va barcha zarur moddalarni oziq-ovqat mahsulotlaridan olish mumkin deb hisoblashda davom etamiz. Zamonaviy shaharlar ekologiyasi, irsiy moyillik va boshqa omillarni e’tiborga olmagan holda, aksariyat vaziyatlarda o’zimiz foydali moddalar tanqisligi va buning oqibatida og’ir xastaliklarning kelib chiqishiga sababchi bo’lamiz. Bugungi hikoyamizni eng og’ir hodisalardan biri — organizmdagi kalsiy yetishmovchiligiga bag’ishlaymiz.
