Gohida kichkintoy yugurib ketayotganda yoki futbol toʼpining ortidan chopganida, baʼzi hollarda esa tez-tez qadam tashlab yurganida toʼsatdan biqinini ushlab qoladi. Bunday vaqtda onalar bolaning qaeri ogʼriyotganini bilolmaydilar.
Аslida biqinda paydo boʼlgan ogʼriqning sabablari turlicha. Masalan nafas olishimizga yordam beradigan diafragma – mushak toʼsigʼi ishlab turishi uchun zarur boʼlgan kislorodni yetarlicha ololmaganda ham biqinda ogʼriq turadi.
Shuningdek, diafragma yoki qorindagi (qorinoldi) mushaklar qisilib spazmga uchraganda, yaʼni zoʼriqib turishi baʼzan biqin ogʼrishiga sabab boʼladi.
Biqin ogʼrishining oldini olish yoki bunday ogʼriqni toʼxtatish uchun mutaxassislar har xil maslahatlar berishadi. Baʼzi birlarining taʼkidlashicha bola fizkulьtura darslariga chiqishdan oldin yengil harakatlar bilan tanasini qizitishi kerak. Chunki mashgʼulotlar paytida ancha-muncha kuch sarflanadi.
Mashqlarga kirishishdan avval bola oyoq uchida turish, qoʼl barmoqlari uchini oyoq kaftlariga tekkizish, oʼtirib-turish harakatlarini bajarsa fizkulьtura darslarida zoʼriqib qolmaydi, shunda biqinida ham ogʼriq paydo boʼlmaydi.
Mutaxassislarning aksariyati «choʼzilish biqin ogʼrishining oldini oladi» deyishadi. Bunda bola koʼkrak qafasini kerishi va qoʼllarini choʼzishi kerak. Yoki qoʼllarini boshi ustiga koʼtarib gavdasini har tomonga egsa ham boʼladi.
Qoʼllarini oldinga uzatib soʼng chuqur nafas olsa va koʼkrak qafasini kerish mashqlarini bir necha marta bajarsa bola biqin ogʼrigʼidan xech vaqt shikoyat qilmaydi.
Biqini qattiq ogʼrib qolsa bolani albatta vrachga olib boring. Tibbiy koʼrikda kichkintoyning koʼrichak boʼlgan-boʼlmagani yoki oshqozonida biror illat bor-yoʼqligi aniqlanadi. Shundan soʼng bolaga muolaja buyuriladi.
Bordiyu bolaning ichi kelgandan keyin ham biqinidagi ogʼriq toʼxtamasa, buning ustiga issigʼi chiqsa, unga xech qanday dori bermay turing, hatto ichni suradigan preparatlar ichirmang.
Birdaniga koʼp ovqat yemagani ham maqul. Chunki bola koʼp ovqat isteʼmol qilsa, taomni shosha-pisha chaynasa, birdaniga koʼp suyuqlik ichsa jigʼildon toʼlib diafragma va qorin mushagida spazmlarni vujudga keltiradi, natijada biqin ogʼriydi.
Chuqur nafas olish va jon-jahdi bilan yugurish ham bolada biqin ogʼrigʼini keltirib chiqaradi. Bunday vaqtda bolaga sal sekinroq yurish kerakligini uqtiring. Yuzaki va tez-tez nafas olish mashqini oʼrgating. Biqin ogʼrigʼi oʼtib ketgach yana ilgarigidek nafas olaveradi. Biqin ogʼriganda bola bir necha soniya tanasini butkul boʼshashtirishi lozim. Boʼshashgan holatda qoʼllari bilan tizzasiga tayanib tursa yanada yaxshi. Bunday vaqtda siz bolaning ogʼriyotgan joyini ohista uqalasangiz biqin ogʼrishi kamayadi.
Koʼpincha biqin ogʼriganda muzli muolaja yordam beradi. Masalan birorta idishga suv quyib muzlatkichning eng yuqorisida 1-2 soat saqlang. Toʼsatdan biqin ogʼrib qolganda oʼsha joyga bir-ikki daqiqa muz qoʼyib ishqalang. Аna shunda biqin ogʼrigʼi oʼtib ketishi amalda isbotlangan.
Bola fizkulьtura mashqlari bilan muntazam shugʼullansayu lekin bunday mashqlarni birmuncha vaqt toʼxtatib qoʼysa biqin ogʼrigʼi kelib chiqadi. Shuning uchun ham bola fizkulьtura mashqlariga qatnamayotgan davrda uyda yengil badantarbiya qilib turishi kerak
Аyrim vaqtlarda ich qotganda biqin ogʼrishi mumkin. Meʼda-ichaklarda gaz yigʼilib qorin qappayishi ham bunday ogʼriqqa sabab boʼladi. Xullas bolakayning biqini ogʼriganda va uy sharoitidagi muolajalar (uqalash, harakat qildirish, muz qoʼyish) yordam bermaganda bemorni terapevt shifokorga olib borish lozim. Negaki baʼzi hollarda biqin ogʼrishi boshqa biror xil kasallikning alomati sifatida namoyon boʼladi.