Bo’g’im og’riqlarini davolash
Gulxayri barglarini yanchib, shishgan va og’riq bo’g’imlarga bog’lansa, shifo bo’ladi.
Bug’doy uni kepagini zaytun yog’i va sirka bilan aralashtirib bo’g’imlarga bog’lansa, ularning lo’qillab og’rishini daf qiladi.
Qulon va bedana go’shti bo’g’im xastaliklariga davodir.
O’rdak yog’ini surtish bilan bo’g’imdagi og’riqlarni davolasa bo’ladi.
Kuniga 7-8 gr. achchiq shuvoq (erman)ni qaynatib ichilsa, bo’g’im og’riqlariga shifodir.
Sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, bo’g’imlar shishini qaytaradi.
Dasht sabzisi urug’idan 4 gr. ni yanchib, muntazam yeb yurilsa zaiflashgan bo’g’imlarga davo.
Javdar ildizini quritib, unga bir necha dona qora murchni yanchib qo’shgach, shishgan bo’g’imlarga bog’lansa, shishni qaytaradi.