Me’da kasalliklarini davolash Me’da kasalliklarini davolashQuruq yalpiz, qalampirmunchoqni qaynatib ichish bilan me’dadagi sovuq xiltni yo’qotish mumkin.Me’da va jigar oralig’ida qattiqlik va ozg’inlik bo’lsa, arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko’paytirib 300 grammgacha yetkazish mumkin.Yetti-sakkiz gr. achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me’daga quvvat bag’ishlaydi.Kuniga 7 gr. sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko’pgina me’da xastaliklariga davodir.Quritilgan o’rikni suvda qaynatib, bir kundan so’ng ichilsa, me’da haroratining ortishiga davo bo’ladi.Har kuni 3-4 gr. sarimsoq iste’mol qilib yurilsa, me’dani tozalab, kuchga kirgizadi.Ituzum poyasini yanchib tashidan me’daga qo’yib bog’lansa, me’da shishini qaytaradi.Har kuni 15-18 gr. rayhonni yanchib yoki qiymalab yesangiz, me’da zaifligidan qutilasiz.Limon, shakar (oqqand) choyga solib ichilsa, qizigan me’daga quvvat bag’ishlaydi.Me’dangizni quvvatli qilmoqchi bo’lsangiz, shirin bodomni hidi chiqquncha qizdirib, mag’zini yeng.Muntazam behi yeb yurilsa, me’da qizishi va boshqa xastaliklariga davodir.Bug’doy kepagidan non yopib yeyilsa, me’da namliligini bartaraf qiladi, bug’doy noni esa — me’daga quvvat.Kuniga 3-4 gr. dasht yalpizi (hulva)ni yanchib, suv yoki choy bilan ichilsa, me’dadan turli chiqindilarni haydaydi.Har kuni 5-7 gr. zanjabil yanchilib yeyilsa, me’dadagi namlik va g’aliz bodlarni yo’qotadi.Kuniga 7 gr. oshko’k (kashnich) urug’ini yanchib, sovuq suv bilan iste’mol qilinsa, haroratli me’da me’yoriga tushadi.Xondon pistaning xom mag’zi, sabzi, shirin olma sharbati me’daga quvvat beradi. Kasalliklar 0 1 2 3 4 5 Жалоба 0 0 14-04-2024, 21:00