Appenditsit ichakning pastki qismida joylashgan chuvalchangsimon o’simta — appendiksning yallig’lanishidir. Odatda appendiks diametri 7-10 mm va uzunligi 50-150 mm bo’lgan kichik naycha hisoblanadi. U ko’richakdan boshlanadi, asta-sekin torayib boradi va uning chiqib ketish yo’li yo’q.
Appendiksning vazifasi aniq emas. Avvalroq, appendiks oddiy rudiment sifatida qaralardi va odamlarning asosan o’simliklar bilan oziqlangan uzoq hayvon ajdodlaridan qolgan va hozirda keraksiz deb hisoblanardi. Hozirgi vaqtga kelib esa u endokrin va immunitet jarayonlarida, shuningdek ichak mikroflorasining shakllanishida muhim rol o’ynashini isbotlocvhi jiddiy sabablar mavjud. Appendiksi olib tashlangan kishilar ichakda yetarli miqdordagi foydali mikroorganizmlar bilan bog’liq muammolarga duchor bo’lganligi isbotlangan. Biroq, appendiks organizm uchun hayotiy zarur organlar qatoridan emas.
Qoida tariqasida appendiksning yallig’lanishi o’tkir tabiatlidir. Kasallik natijasida o’simtada yiring to’planib qoladi va o’simtaning torligi sabab oson chiqib keta olmaydi. Appendiks kattalashadi va og’riy boshlaydi. Oxir-oqibat, bu appendiks devorining yorilishi va yiringni qorin bo’shlig’iga chiqishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, yuqori ehtimollik bilan o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan qorin bo’shlig’ida o’tkir peritonit, sepsis, yoki abstsessga sabab bo’ladi. Eng jiddiy shikastlanish pileflebit— bu jigar shikastlanishiga, darvoza tomirning yallig’lanishiga olib keladi, o’lim darajasi juda yuqori.
Kasallik juda tez kechadi va odatda 2-4 kundan ortiq davom etadi, kamdan-kam hollarda bir hafta. O’tkir appenditsitning o’z-o’zidan shifo topishi holatlari kam. Ba’zan zararlangan appendiks atrofida atrofdagi to’qimalardan himoya infiltrati rivojlanishi mumkin, ammo bu shakllanma ham abstsesslarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kasallik jarrohlik aralashuvni va tibbiy davolanishni talab qiladi. Kasallikning o’z vaqtida davolashi bilan yakun ijobiy bo’ladi.
Ba’zida o’tkir appenditsit bilan og’rigan bemorlarda surunkali appenditsit paydo bo’ladi. Ushbu holatning namoyon bo’lishi o’tkir kasallikdan 100 marta kamroq. Odatda, jarrohlik davolash talab etilmaydi.
O’tkir appenditsit oddiy (kataral) va asoratlar bilan kechuvchi destruktivshakllarga bo’linadi. To’g’ri davolashsiz, oddiy appenditsit deyarli har doim destruktiv appendiksga aylanadi.
Apandisit rivojlanishining asosiy bosqichlari:
Kataral;
Flegmonoz;
Gangrenoz;
Perforativ.
Appenditsit sabablari
Kattalardagi appenditsit sabablari hali to’liq aniqlangan emas. Biroq, olimlar, barcha bemorlarga umumiy bo’lgan appenditsitning yagona sababi yo’qligini ta’kidlashadi. Har bir bemorning o’z sabablari bo’lishi mumkin. Aksariyat hollarda appenditsitga appendiks kirish qismining yopilib qolishi sabab bo’ladi. Yopilib qolishi sabablari turli xil bo’lishi mumkin — masalan, naycha toshlari yoki yot jismlarning kirishi. Xolesistit yoki enterit tufayli appendiksning yuqori qismining bosilishi natijasida kelib chiqadigan yopishishlar ham yopilib qolish sababchilaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek appenditsit yuzaga kelishida bakteriyalar ham katta rol o’ynaydi — enterokokklar, streptokokklar, stafilokokklar va ichak tayoqchasi. Ko’pincha, bu ikkala omillarning birlashuvi mavjud. O’simta ichidagi tarkibning uzoq saqlanib qolishi uning ichki immuniteti pasayishiga va patogen bakteriyalar kirib borishi uchun sharoit yaratilishiga olib keladi. Bundan tashqari, appenditsitning asosiy sabablari sifatida o’simtani qon bilan ta’minlovchi qon tomirining spazmi ham mavjud. Yana bir sabab — bu qorin bo’shlig’ining shikastlanishidir, bu esa appendiksdagi shikastlanish yoki siljishiga olib keladi.
Kasallik rivojlanishiga hissa qo’shuvchi omillarga tez-tez ich qotishlari, ichak peristaltikasining buzilishi, ovqatda o’simlik tolalarining yetishmasligi, me’yoridan ortiq ovqatlanish, me’da-ichak tizimining bir qator yuqumli kasalliklari, parazitlar mavjudligi kiradi. Kasallikning kelib chiqishiga irsiy omillar, shuningdek, yomon odatlar, stresslar, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmasligi tufayli immunitetning zaifligi ta’sir ko’rsatadi.
Homilador ayollarda appenditsitning ko’p uchrashi kuzatiladi — bachadonning kattalashishi sababli appendiksda siljish yuz beradi. Bachadonning muayyan kasalliklari bo’lganida yallig’lanish markazdan appendiksga o’tishi mumkin.
Appenditsitning alomatlari va belgilari
Appenditsitni erta tashxislash uchun simptomlar juda muhimdir. Ularning qanaqaligi appendikulyar yallig’lanish bilan bog’liq bo’lmagan oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari mavjudligi ehtimolini chiqarib tashlashga imkon beradi.
Kattalardagi appenditsitning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
O’tkir qorin og’rig’i, shu jumladan bosim yuzaga kelishi;
Haroratning ko’tarilishi;
Ko’ngil aynishi;
Qayt qilish.
O’tkir appenditsitning birinchi belgilari va alomatlari har doim bu kasallikni aniq aniqlashga imkon bermaydi. Dastlab, kasallik boshqa kasalliklarga o’xshab ketishi mumkin, shunda bemorlar bu og’riq xavfli emas va oddiy qorin o’g’rig’i, gastrit xuruji yoki buyraklardagi tosh sabab yuzaga kelgan deb xato fikrlashlari mumkin
Appenditsitning asosiy belgilari qorin bo’shlig’idagi doimiy og’riqlardir. Qoida tariqasida, o’tkir og’riq kutilmaganda, ko’pincha kechasi yoki ertalab paydo bo’ladi. Kataral bosqichda og’riq birinchi marta butun qorin bo’shlig’iga tarqaladi yoki uning yuqori qismida (epigastral mintaqada) paydo bo’ladi. Ammo keyin og’riq qorinning pastki qismiga, kindikdan pastga va beldan biroz yuqoriga siljiydi.
Og’riq markazini sijish jarayoni «Koxer» alomati deb ataladi va kasallikning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Ushbu alomat aksariyat hollarda oshqozon-ichak trakti boshqa kasalliklari haqida emas, balki appenditsitning belgisi hisoblanadi. Bu jarayon kasallikning boshlanishidan bir necha soat o’tgach sodir bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan og’riq tabiati ham o’zgaradi, u kuchayadi, lo’qqillaydi va qisadi. Og’riq kulish va yo’talish, chuqur nafas olishda kuchayadi va o’ng tomonga egilganda yoki oyoqlarni yig’ib, qoringa yaqinlashtirganda ozgina pasayadi. Og’riq shuningdek o’ng oyoqqa uzatilishi va yurish paytida sezilishi mumkin. Yallig’lanish sohasini bosib ko’rganda og’riqlar odatda deyarli sezilmaydi, ammo agar qorinni birdan qo’yib yuborsa, unda kuchli og’riq paydo bo’ladi. Qorin devorining tarangligi qayd etiladi.
Kasallik rivojlanishi bilan og’riqlar biroz vaqtga pasayishi mumkin. Ammo bu shifo yuz berayotganini bildirmaydi, faqatgina appendiks devori to’qimasining nekrozi (nobud bo’lishi)dan dalolat beradi, shu jumladan asab oxirlarining ham. Shu bilan birga, kindikning pastki sohasini bosish hali ham juda og’riqlidir. Ushbu bosqichdan so’ng appendiks devordagi teshilish yuzaga keladi, yiring qorin bo’shlig’iga tarqaladi va og’riq bir necha marotaba kuchliroq bo’lib qayta yuzaga keladi.
Shuni esda tutish kerakki, ba’zan appendiks chap tomonda joylashgan bo’lishi mumkin, shunda qorinning chap tomoni o’g’riydi. Ba’zi hollarda og’riq o’ng qovurg’a ostida, chov sohasida, belda sezilishi mumkin.
Kattalardagi appenditsit belgilari ham oshqozon-ichak trakti kasalliklari alomatlarini o’z ichiga oladi. Birinchidan, bu ko’ngil aynishidir. Ba’zida yengillik bermaydigan qayt qilish va diareya kuzatilishi mumkin. Biroq, appenditsitdagi ich ketish odatda bolalar uchun xosdir, kattalarda bu holat kamroq tarqalgan. Axlatning kechikishi, og’zidagi quruqlik hissi kuzatiladi. Naychaning nostandart joylashgan hollarida siydik chiqarishda kechikish yuz berishi mumkin (dizuriya). Ko’pincha taxikardiya aniqlanadi — bir daqiqada 90-100 yurak urishi.
Kasallikning dastlabki bosqichida harorat +37-+38 °C gacha ko’tariladi. Keyinchalik, harorat odatdagidan ham tushib ketishi mumkin, ammo oxirgi bosqichda, yiringni tashqariga chiqarib tashlashdan oldin yana yuqori darajaga ko’tariladi — +39-+40ºC. Bunday holda, og’riq sezilarli darajada kuchayadi.
Keksalarda appenditsit paydo bo’lganida uning belgilari xira bo’lishi mumkin va bu kasallik destruktiv bosqichga o’tmagunigacha sezilmasligi mumkin. Og’riq o’tmas bo’lishi, biroz ko’ngil aynishi mumkin, isitma umuman kuzatilmasligi mumkin. Biroq, bu appenditsitning keksa odamlarda yengilroq kechishini anglatmaydi. Aksincha, keksalarda appenditsitning asoratlari juda og’ir bo’ladi.
Bolalarda (5 yoshgacha) appenditsitni tashxislash qiyin. Buning sababi kattalardagi appenditsitning belgilari odatda bolalarga qaraganda aniqroq ifodalanadi. Ba’zida bolada appenditsit oddiy oshqozon-ichak kasalligi kabi ko’rinadi. Og’riq ko’pincha ichakda lokalizatsiya qilinmaydi, ba’zan bola uning qayeri og’riyotganini aniqlay olmaydi. Bu holatda, kattalar isitma (+38 °C), tilda oq tarash paydo bo’lishi, ich ketish kabi belgilarga e’tibor qaratishi kerak. Biroq, bu belgilar boshqa kasalliklarda ham ko’rinishi mumkin, shuning uchun bolani mutaxassisga ko’rsatish kerak.
Appenditsitning atipik shakllari
Shuningdek appenditsitning bir nechta atipik shakllari ham mavjud bo’lib, ularda alomatlar odatiy alomatlardan farq qilishi mumkin.
Emipiema. Sekin rivojlanadigan appenditsitning shakli, bu holatda Koxer alomatlari yo’q va og’riq birdan kindik ostida paydo bo’ladi.
Retrotsekal appenditsit. Peritonitning zaif alomati, ich ketishi bilan ifodalanadi. Og’riq ko’pincha bel mintaqasida seziladi va keyinchali pastga tarqaladi.
Chap tomonlama appenditsit. Klassik klinik ko’rinishi bor, ammo og’riq chap tarafda seziladi.
Chanoq appenditsiti. Ayollar uchun odatiyroq. Haroratning ko’tarilishi, dizuriya, og’riq ko’krak qafasiga tarqaladi.
Appenditsit haqida gumon qilsam nima qilishim kerak ?
Appenditsitning gumon qilinishida siz shifokorni chaqirishingiz kerak. Shifokorga murojaat qilish uchun asos — 6 soat davomida yo’qolmaydigan qorin bo’shlig’idagi doimiy og’riqdir. Shifokor kelguniga qadar antibiotik, ich surgi va boshqa oshqozon uchun mo’ljallangan preparatlar qabul qilmaslik kerak, ayniqsa og’riq qoldiruvchi, chunki ular tashxis qo’yishda simptomlarni o’zgartirib yuboradi. Yana og’riq sohasiga va umuman qoringa issiqlik qo’yish taqiqlanadi, u appendiks yorilishini tezlashtiradi. Yotoqda dam olish tavsiya etiladi. Yaxshisi ovqatlanishdan tiyilib turish kerak. Shifokor kelganida barcha alomatlar, belgilar, og’riq sohasi va tabidati haqida aytib berish kerak.
Appenditsitni tashxislash
Tashxis uchun asosan vizual tekshiruv va palpatsiya qo’llaniladi. Asosiy simptomlar o’ng pastki qorin qismdagi keskin og’riqlardir. Biroq, bu usullar har doim ishonchli emas. Shuningdek, ultratovush tekshiruvi, MRT va kompyuter tomografiya, qon va siydik tahlillari ham qo’llaniladi. Qon tekshiruvini tekshirganda, qonda leykositlarning yuqori darajasiga (leykotsitoz) e’tibor qaratiladi. Diagnostik laparoskopik tekshiruvni qorin old devorida tirqish orqali ham amalga oshirish mumkin.
O’tkir appenditsit alomatlari oshqozon-ichak trakti va boshqa kasalliklarga juda o’xshash bo’lganligi tufayli kasallikni tasxhsilash qiyin bo’lishi mumkinlgini ta’kidlash lozim. Bunday kasalliklarga yoki o’tkir gastroenterit, pankreatit, yaralar (ayniqsa, teshilish taqdirda), ichak va buyrak og’riqlari, bachadonning yallig’lanishi, qorin muskullarining cho’zilishi yoki yirtilishi kiradi. Shuning uchun appenditsitni boshqa, aksariyat hollarda shoshilinch jarrohlik aralashuvi talab qilinmaydigan kasalliklardan farqlash muhimdir, .
Appenditsitni davolash
Appenditsit odatda jarrohlik yo’li bilan davolanadi. Bu appenditsiyani olib tashlashdan (appendektomiya operatsiyasidan) iborat. Ba’zi hollarda antibiotiklar bilan davolash ham qo’shiladi. Ba’zida appendiksni olib tashlamasdan, konservativ davolash mumkin va bu holatda antibiotiklar buyuriladi. Qoida tariqasida bunday choralar operatsiyaga qarshi har qanday ko’rsatma mavjud bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Appendiksni olib tashlash jarayoni an’anaviy usulda, ochiq tirqish orqali yoki laparoskopik usul bilan amalga oshiriladi. Operatsiyadan keyingi dastlabki 12 soat ichida yotoqda dam olish va ovqatlanishdan saqlanish kerak. Tiklanish davrida kasallikning ta’sirini antibiotiklar bilan davolash mumkin. Tiklanish davrining davomiyligi kasallikning qaysi bosqichida operatsiya amalga oshirilganligiga bog’liq va odatda 1-2 hafta davom etadi.