Sochlar nega oqaradi?

Yosh o‘tishi bilan soch oqarishi


Sochlarning oqarishi asosan organizmning qarishining belgisi va bevosita oqibatidan dalolat beradi. Yosh ulg‘aygan sayin pigment hosil qiluvchi hujayralarning funksiyasi sustlashadi va melanin moddasini ishlab chiqarish to‘xtaydi. Ushbu tabiiy jarayon boshlanadigan vaqt har kishida genetik tarzda belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, yevropeoid irqiga mansub kishilarda soch oqarishi taxminan 34 yoshda (plyus-minus 10 yil), osiyoliklarda – 30-34 yoshda, qora tanli aholi o‘rtasida esa o‘rtacha 43 yoshda (plyus-minus 10 yil) paydo bo‘lar ekan.


Sochlarning erta oqarishi


Yuqorida aytib o‘tganimizday, sochlarning rangi melanin moddasiga bog‘liq bo‘lib, u soch ildizidagi hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi. Ana shu pigment yo‘qolishi bilan sochlarning rangi o‘zgara boshlaydi va soch tolalari kumushrangga bo‘yaladi. Ko‘p hollarda soch oqarishi 35 yoshdan keyin boshlanadi, ammo undan ham ertaroq boshlanishi mumkin. Hozirgi paytda bunday holatlar tez-tez uchramoqda.



Sochlar nega oqaradi?

Sochlarning erta oqarish sabablari


Ba’zi kishilarda soch oqarishi juda erta boshlanganini ko‘rib qolamiz. Bu genetik moyillik oqibati bo‘lishi ham, biror bir tashqi noqulay omillarning ta’siri yoki organizmdagi kasalliklarning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, anemiyada (kamqonlikda), qalqonsimon bez funksiyasining buzilishida (giperfunksiya), qandli diabet bilan xastalanganda, yurak qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaganida, jinsiy funksiyalar buzilganida, haddan tashqari ko‘p tuz iste’mol qilinganida, organizmdagi kislotalilik darajasi baland bo‘lganida sochlar erta oqarishi mumkin. Buning sababini aniqroq qilib aniqlashda sizga shifokor yordam beradi. Ammo bu masalani o‘zingiz ham hal qilishingiz mumkin, buning uchun oxirgi oylardagi voqealarni tahlil qilsangiz bo‘ldi.


Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, organizmda ba’zi bir moddalarning yetishmovchiligi tufayli melanin ishlab chiqilishi to‘xtaydi yoki soch o‘zagining oqsilida ushlanib qoladi. Tarixda juda qisqa vaqt ichida odamlarning sochlari kuchli asabiy holat yoki stress tufayli oqarib ketgan holatlar ham uchrab turadi. Masalan, frantsuz qirolichasi Mariya Antuanettaning sochlari qatl jazosidan oldin bir kechada oqarib ketgan. Bu hodisani stress vaziyatlarda organizm melanin va oqsil moddasini birlashtiruvchi kimyoviy reaksiyani buzadigan moddalarni ishlab chiqara boshlashi bilan tushuntirish mumkin. Buning natijasida pigment juda tez tushib qoladi, yuvilib ketadi yoki neytrallashadi.



Ushbu maqolani ham o‘qing:  Koxlear implantatsiyasi va ajoyib natijalar

Oq sochlar turli omillar ta’siri ostida soch tuzilmasida havoli bo‘shliqlar yuzaga kelishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunda sochlarning rangi nurning sinish burchagi o‘zgargani tufayli kulrang tusga kiradi.


Sochlar erta oqarganida


Boshni qichitqi o‘t barglari va ildizlaridan tayyorlangan qaynatma bilan chayish lozim. Qaynatmani tayyorlash uchun 50 gramm quritilgan qichitqi o‘tga yarim litr suv solinadi va 500 ml uksus qo‘shiladi, keyin 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatma dokada suzib olinadi va har kuni kechqurun bir necha kun davomida bosh terisiga ishqalab suriladi.
Fidji orollarida tub aholi yangi kavlangan zanjabil (imbir) ildizini olib, uni bo‘laklarga kesgan holda, asalning ichiga solib qo‘yishar ekan. Ularning ta’kidlashicha, tayyor bo‘lgan massani qabul qilish oq sochlar sonini kamaytiradi. Uni tayyorlash uchun yangi kavlangan zanjabil ildizi yuqilib, tozalanadi va ko‘ndalangiga dumaloq shaklda kesib chiqiladi. Zanjabil bo‘laklari ustidan durda bog‘lashga ulgurmagan yangi asal quyiladi, u zanjabilni biroz yopib turishi kerak. Ushbu massa kamida ikki hafta saqlanadi.