Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi?

❓Allergik kasalliklarni aniqlashda qanday tekshiruv usullari qo‘llaniladi?


🔻 Umumiy qon tahlili. Bunda eozinofillar oshishini kuzatamiz va organizmda autoimmun kasallik kechayotganini bilamiz.

🔻 Qondagi IgE miqdori. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi va ichki allergenlarga organizmda antitela hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.

🔻 Teri sinamalari. Bu usulda teriga qo‘yilgan sinama orqali aynan kaysi allergenga allergiya borligi aniqlanadi.

🔻 Provokatsion testlar. Bunda allergen burun, ko‘z, og‘iz orqali kiritiladi, bu usul teri sinamasi va allergopanel orqali javob olinmaganda ishlatiladi.

🔻 Allergopanellar. Qon orqali qaysi allergenga allergiya borligi aniqlanadi.

🔻 Eliminatsion testlar. Ovqat allergiyasida qo‘llaniladi, ratsionda iste’mol qilinadigan ovqatlarni cheklash yordamida sababchi aniklanadi.