Seliakiya — autoimmun kasallik

Seliakiya — autoimmun kasallik


Kasallikni sababi glyutenga nisbatan ichak vorsinkalarini sezuvchanligini ortishi.


Glyutenni xamir qilganlar yaxshi biladi. Unni suvga aralashtirganda yupqa, yopishqoq massa hosil bo‘ladi, aynan shu modda xamirga elastiklik va pishayotganda ko‘tarilishiga yordam beradi.


Seliakiyani asosiy belgilari:

— qorindagi og‘riqlar

— diareya

— qorinni dam bo‘lishi

— yuqori toliqish hissi


Seliakiyani tashxisi oson, yuqoridagi simptomlar kuzatilgan bemor qonini maxsus antiteloga topshirtiriladi. Agar tahlil musbat chiqsa, ichakdan biopsiya olib tekshirilishi kerak.


Agar sizda yuqoridagi belgilar doimiy kuzatilsa yoki tahlil natijalari musbat bo‘lsa glyutensiz diyeta qilishingizga to‘g‘ri keladi. Hozirda, deyarli barcha do‘konlarda «bez glyutena» ya’ni, glyutensiz deb yozilgan mahsulotlarni topish mumkin.


Yuqori darajada glyuten saqlovchi mahsulotlar: don (bug‘doy, javdar, arpa) non, makaron, pechene, pishiriq, umuman un mahsulotlarida, sulida (ovsyanka) hamda ba’zi qayta ishlangan, masalan: soya sousida.


Tushungan bo‘lsangiz, glyutensiz diyeta — unsiz diyeta degani.


Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)