❓Stomatit nima va uni qanday davolash mumkin?

❓Stomatit nima va uni qanday davolash mumkin?


🔸Stomatit — og‘izda paydo bo‘lgan yallig‘lanishning keng tarqalgan nomi. U til, yonoqlarning ichki qismi, tomoqda paydo bo‘ladi. Ovqatlanish, gapirish, hatto kuchli og‘riqda uxlashga xalaqit berishi mumkin.


🔸Stomatitga infeksiya, jarohatlar, milklar zararlanishi, ovqatga nisbatan allergiya va seuzvchanlik, dorilarning noxush ta’siri sabab bo‘lishi mumkin.


🔸Stomatitni davolashda asosiy vosita og‘riqni yo‘qotishdir. Buning uchun og‘riqni qoldiruvchi dorilar qabul qilish kerak.


🔸Stomatit 2 haftadan keyin ham yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.