Dakriosistit — ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.

Dakriosistit — ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.


⭕️Sabablari


1⃣ Ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligini tug‘ma buzilishi

2⃣ Tug‘ruq jarohatlari

3⃣ Infeksion kasalliklar


Chaqaloq tug‘ilganida ko‘z yosh suyuqligi oqib chiqishi uchun barcha yo‘llar o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Faqat burun-ko‘z yosh kanalida embrional to‘qima elementlari turib qolishi hisobiga, ko‘z yosh qopchasidan ko‘z yosh suyuqligini oqib chiqishi qiyinlashadi. Oqibatda ko‘z yosh yig‘ilishni boshlaydi va o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi. To‘plangan suyuqlikka mikroblar tushib, yiringli yallig‘lanish boshlanadi.


⭕️ Belgilari


1⃣ Ko‘z ichki burchagi qizarishi

2⃣ Ko‘z yosh oqishi

3⃣ Shish

4⃣ Ko‘z yosh qopchasi sohasiga bosganda yiring ajralishi


Kasallik chaqaloq hayotining 8- yoki 10-kunida namoyon bo‘ladi.


Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani kechiktirmasdan vrach oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur.