Ko’ngil aynishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin
👨⚕Ko’ngil aynishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:📚💊
✅Xolesistit. O’t pufagida yallig’lanish jarayoni yoki bu a’zoda hosil bo’lgan toshlar odatda ovqat iste’moli paytidayoq boshlanadigan ko’ngil aynishiga sabab bo’ladi. Qorinning kengayib og’rishi bilan birga og’izdan achchiqlik yoki metall ta’mi kelishi, meteorizm, o’ng qovurg’a ostida og’riq sezilishi bilan birga kechadi.
✅Ba’zi dorilar qabuli. Ko’p dori vositalarining nojo’ya ta’siri orasida ko’ngil aynishi ham mavjud. Odatda bularga temir preparatlari, antivirus, antigelmint vositalar, antibiotiklar, yallig’lanishga qarshi dorilar kiradi.
✅Zaharlanish. Bu eng oddiy, lekin eng keng tarqalgan sabablardan biri. Ko’ngil aynishining etiologik omillaridan biri — noto’g’ri saqlangan, saqlanish muddati tugagan, eski mahsulotlarni iste’mol qilishdir.
✅Gastrit. Oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi ko’ngil aynishiga (ayniqsa ovqatlanishdan so’ng kuzatiladi) sabab bo’ladi. Bu epigastriyadagi og’riq, kengayish hissi bilan birga kechadi. Uni bartaraf etish uchun to’g’ri ratsionga rioya qilish va bevosita gastritni davolash tavsiya etiladi.
✅Migren. Surunkali bosh og’rig’i ko’ngil aynishi va bosh aylanishi bilan birga kechishi mumkin.
✅Pielonefrit. Buyraklarning yallig’lanishi ko’ngil aynishini keltirib chiqaradi, ba’zan qayt qilishgacha olib boradi. Muhim farqlovchi alomatlarga bel og’rig’i, siydik chiqarish vaqtidagi og’riqlari kiradi.
✅Gipertoniya. Qon bosimining doimiy yuqori bo’lishi ko’pincha ertalab ko’ngil aynishi, shuningdek, bosh aylanishi, tanadagi shishishlar, yuzning qizarishi bilan kechadi.
✅Miya jarohati. Miya chayqalishi, miya jarohatlari nevrologik tabiatli ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
✅Oftob urishi. Quyosh ositda ko’p vaqt qolib ketish, ayniqsa yozning jazirama kunlarida, oftob urishiga olib keladi. Issiq va nam sharoitlarda ko’p jismoniy zo’riqish, suvsizlanish kabi omillar ham issiq urishiga va ko’ngil aynishiga sabab bo’lishi mumkin.
✅Appenditsit. Ushbu holatda ko’ngil aynishi qayt qilishgacha olib boradi, qorin og’rig’i kuzatiladi, og’riq dastlab qorinning yuqori qismida kuzatiladi,so’ng pastki o’ng sohaga tushadi.
✅Yurak xuruji, yurak muammolari. Bu holatda ham ko’ngil aynishi qayt qilishgacha boradi va yengillik bermaydi, qorin og’rig’i, hiqichoq tutishi, terining oqarib ketishi va bo’g’ilish hissi kuzatiladi.
✅Meningit. Bunda ko’ngil aynishi nevrologik tabiatga ega, u bilan birga yuqori isitma, yorug’likdan qo’rqish va ensada bosim hissi seziladi.
✅Parazitar invaziya. Ba’zi gijja turlari ovqatlanish bilan bog’liq bo’lgan yoki bog’liq bo’lmagan ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
✅Transportda chayqalish. Zaif vestibulyar apparat ko’pincha transportga minib ketayotganda chayqalish tufayli ko’ngil aynishini chaqirishi mumkin.
✅Ichak infektsiyasi. Qayt qilish bilan kechadigan ko’ngil aynishi kuzatiladi, qorin bo’shlig’ida og’riq, harorat ortishi, kuchsizlik qayd etiladi. Bunday hollarda davolanishni kechga qoldirmasdan, darhol boshlash kerak, chunki ichak infektsiyalari odatda ich ketishiga, u esa o’z navbatida hayot uchun xavfli bo’lgan suvsizlanishga olib keladi.
✅Ochlik. Ochlik ham ko’ngil aynishiga sabab bo’lishi mumkin.
✅Shirinliklar. Epigastriyadagi yoqimsiz tuyg’ular och qoringa bir bo’lak shirinlik yoki tort iste’molidan so’ng paydo bo’lishi mumkin.
✅Stress. Kuchli hayajon va hissiy zo’riqish ko’pincha ko’ngil aynishiga sabab bo’ladi, bu qonda adrenalin darajasining oshishi bilan bog’liq.
✅Pankreatit. Me’da osti bezi yomon oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, yog’li ovqatlarga juda sezgir. Uning yallig’lanishi ham ko’ngilni aynitadi, chap tomondagi og’riq, qorin dam bo’lishi bilan birga kechadi.
✅Gipotireoz. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi biroz ko’ngil aynishi, shuningdek ishtaha yo’qolishi, seruyqulik bilan kechishi mumkin.
✅Homiladorlik. Birinchi trimestr (12 haftaga) qadar, toksikozning asosiy belgilari — ko’ngil aynishi — uyg’onishdan so’ng darhol namoyon bo’ldi.