Varikozning oldini olish mumkinmi?

❓Varikozning oldini olish mumkinmi?


🏃‍♀️Sport bilan shug‘ullaning. Biz harakat qilmasak, o‘tirsak yoki ko‘p vaqt turib qolsak, oyoqlarimizdagi mushaklar qisqarmaydi, nasos sifatida ishlamaydi va qon tomirlarda to‘planib qoladi. Deyarli har qanday jismoniy faollik varikoz tomirlaridan himoya qilishga yordam beradi.


👟Poyabzalni to‘g‘ri tanlang. Har kuni baland poshnali poyabzal kiyadigan ayollar mushaklarida muammolar va tomirlarida qon to‘xtab qolishi ehtimoli juda katta. Shu sababli past poshnali poyabzal tanlagan ma’qul.


🧦Mahkam ushlab turuvchi paypoq kiying. Kompress matosining asosiy xususiyati mato iplarining o‘ziga xos to‘qilishidir. Bunday mato oyoqlarga bosim beradi va mushaklarga qonni venaga itarishiga yordam beradi.


🚫Oyoqlaringizni chalishtirib o‘tirmang. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, qon tomirlarini chimchilash tomirlarning varikoz kengayishiga olib keladi. Shu sababli tomirlardagi bosim kuchayadi va klapanlar azoblanadi. Agar kasallikka moyillik bo‘lsa, xavf kuchayadi. Shuning uchun, o‘tirganingizda oyoqlaringizni chalishtirib o‘tirmang.


🛏Oyoqlaringizni tepaga ko‘tarib yoting. Agar kun davomida uzoq payt tursangiz yoki o‘tirsangiz, tomirlar qonga to‘lib toshadi, go‘yo oyoqlaringiz ichkaridan yorilib ketganday tuyuladi. Ishdan keyin uyga kelib, divanga yotib, oyoqlaringizni tepaga ko‘taring. Buning uchun 20-30 daqiqa kifoya.


@doridarmonlar