Qanday qilib qandli Diabet kasalligi kelib chiqadi?

Qanday qilib qandli Diabet kasalligi kelib chiqadi?


— Qandli diabet (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi) — tanada uglevod va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da osti bezi funktsiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm qondagi glyukoza miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi.