Isitma bilan qayt qilishga nima sabab bo‘lishi mumkin?
ISITMA VA QAYT QILISH
Qayt qilish-bu eng jiddiy alomatlardan biri bo‘lib,hayotining birinchi yillaridagi bolalar(1-3 yosh) va keksa, zaiflashgan odamlarda paydo bo‘lishi, alohida e’tibor talab qiladi. Bu suvsizlanish tez rivojlanishining yuqori xavfi va mikrounsurlarning nomutanosibligi bilan ifodalanuvchi, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘irlanishlarga olib kelishi mumkinligi bilan izohlanadi.Aynan shuning uchun , qayt qilish alomatlari qaytadan paydo bo‘lganda,to‘g‘ri davolash rejasini ishlab chiqish uchun shifokorga murojat etish tavsiya qilinadi.
Qayt qilish odatda boshqa alomatlar bilan qo‘shilib keladi, aksariyat hollarda uning tana harоratining ko‘tarilishi bilan birikmasi uchraydi.Bu juda ko‘p kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin va ular har doim ham,oshqozon-ichak yo‘lining zararlanishi bilan bog‘liq bo’lavermaydi.
ISITMA BILAN QAYT QILISHGA NIMA SABAB BO‘LISHI MUMKIN?
Isitma bilan qayt qilishning ehtimoli eng ko‘p bo‘lgan sabablarga quyidagilar kiradi:
Oziq-ovqatdan zaharlanish, ko‘p hollarda mahsulotlarning kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va ularning toksinlari tomonidan zaharlanishi bilan bog‘liq.Bu holda oziq-ovqat toksik infeksiyasi haqida gap ketadi. Kasallangan odamning tana harorati, tez ko‘tarila boshlaydi va qaytalangan ko‘p qayt qilish boshlanadi, ko’p vaqt o’tmay qorindagi og‘riq va ichburug‘ ham qo‘shiladi.Qayt qilganda haddan ortiq suyuqlik yo‘qotilishi va suyulgan ich kelishi sababli suvsizlanish alomatlari paydo bo‘ladi.
Ma’lum bir mikroorganizmlar (rotavirus, ichak tayoqchasi,shigella, iersiniya, enteroviruslar va boshq.) tomonidan zararlanish,bilan bog‘liq bo‘lgan ichak infeksiyalari.Ularning barchasi odatda tana haroratining ko‘tarilishi,qayt qilish,ko‘ngil aynishi va umumiy holsizlik bilan boshlanadi, tez orada ich ketishi bilan qorindagi og‘rib-bosiluvchi va tortuvchi og‘riqlar qo‘shiladi.Ichak infeksiyalari, zaharlanish singari,anchagina xavfli suvsizlanish darajasiga olib kelishi mumkin.
Hazm qilish tizimi a’zolarining o‘tkir noinfeksion kasalliklari: Oshqozonosti bezining o‘tkir yallig‘lanishi(pankreatit),o‘t pufagining yallig‘lanishi(xolesistit).O‘t pufagining devorlari va oshqozonosti bezining yallig‘lanishi tana haroratining mo‘tadil ko‘tarilishi, qayt qilish, ko‘ngil aynishi,qovurg‘aosti va qorinning tepa qismidagi og‘riqlar, qorinning dam bo‘lishi,ich kelishining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.Ko‘p hollarda bu alomatlarning paydo bo‘lishi ko‘p ovqat yeb qo’yish,alkogol va hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan taomlarni iste’mol qilish bilan bog‘liqdir.Oshqozonosti bezi va o‘t pufagining surunkali yallig‘lanish kasalliklari zo‘raygan paytda ham shunday alomatlar paydo bo‘ladi.
BSGI (Buyrak sindromli gemmoragik isitma, uni yana sichqon isitmasi deb ham atashadi). Bu,buyrakni zararalantirib o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlantiruvchi, infeksiyadir.O‘tkir bosqichida tana harorati ko‘tariladi, siydik deyarli ajralib chiqmaydi, organizmda intoksikatsiya va qayt qilish bilan ifodalangan, azotli moddalar almashinuvi mahsulotlarining yig‘ilishi tezlashadi.
Bosh miya va uning qobiqlarining infeksion-yallig‘lanish kasalligi (meningit,ensefalit).Alomatlarga kuchli bosh og‘rig‘i,tana haroratining ko‘tarilishi,qayt qilish kiradi,bosh miya suyagidagi bosim ko‘tarilish natijasida, sezgi hislaridagi buzilishlar,falajlik, ko‘z harakatlanishining buzilishi va hattoki changak ham paydo bo‘lishi mumkin.
Ko‘kyo‘tal.Bu infeksion kasallik uchun tana harorati mo‘tadil ko‘tarilgan holatda, qayt qilishgacha boradigan spazmatik zo‘riqishli yo‘tal hurujlari xosdir.Ko‘kyo‘tal bolalar infeksiyasiga mansub, lekin u kattalarda ham rivojlanishi mumkin.Kasallika uzoq muddat kechish va qo‘zg‘atuvchi yo‘qotilgandan keyin ham uzoq muddat yo‘talning saqlanib qolishi xosdir.
Qayt qilish va istimaning paydo bo‘lish sabablari ancha ko‘p,aksariyat hollarda bu alomatlarning birikmasi oziq-ovqatdan zaharlanish yoki ichak infeksiyasining natijasidir.Lekin oshqozon ichak yo‘lining zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan,boshqa kasalliklarni ham esdan chiqarmaslik kerak.Mavjud bo‘lgan alomatlar majmuasini to‘g‘ri baholash va maqbul davolash yo‘lini tanlash,faqat shifokor tomonidan amalga oshirilishi mumkin, shu sababli qayt qilish holatlarining qaytarilishi- shubhasiz mutaxassisga murojat qilish kerakligini bildiruvchi holatdir.
BOLALARDAGI ISITMA BILAN QAYT QILISH: NIMA UCHUN BU SHUNCHALIK XAVFLI?
Bolada isitma bilan qayt qilishning paydo bo‘lishi- juda jiddiy alomatdir. Nima uchun alomatlarning bunday birikmasi ota-ona va shifokordan alohida e’tibor talab qiladi?
Qayt qilish tez orada ifodalangan suvsizlanishga olib kelishi mumkin, ahir bola bunday holatda nafaqat suyuqlikni yo‘qotadi,lekin juda oz suyuqlik ichadi. Qayt qilish,tana haroratining 38° gacha yoki undan yuqori,ko‘tarilishi bilan birga kelganda,suvsizlanish xavfi ancha oshadi.Gap shundaki, isitma vaqtida organizmdagi tabiiy sovutish tizimlari ishga tushadi: nafas olishning tezlashishi va ter chiqishining kuchayishi. Bu suyuqlikning ortiqcha bug‘lanishiga olib keladi,shu sababli isitma bilan qayt qilish birikmasi og‘ir suvsizlanish ehtimolini oshiradi.Bola qanchalik yosh bo‘lsa,bu holatda unda bosh miya tarafidan og‘irlanishlar rivojlanishining xavfi shunchalik yuqoriroq bo’ladi.
Hayotining birinchi yillaridagi bolalarda (1-3 yosh),kattalardan farqli ravishda,har qanday intoksikatsiya isitma bilan qayt qilishga olib kelishi mumkin.Bu diаgnostika (aniqlash ishlari) o‘tkazishni mushkullashtiradi va kerakli davolash ishlarini kech boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ota-onalar ko‘pincha bu alomatlarni ichak infeksiyasining namoyon bo‘lishi deb baholashadi va boshqa alomatlarga darhol e’tibor berishmaydi.Ahir bolardagi isitma bilan qayt qilishning haqiqiy sababchisi og‘ir kechayotgan pielonefrit (buyrak to‘qimalarining yallig‘lanishi),appenditsit (ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi),bronxopnevmoniya (mayda bronxlar va o‘pka to‘qimalarining yallig‘lanishi) va boshqa jiddiy kasalliklar bo‘lishi mumkin.Agar bola hali gapirishni bilmasa,ota-onalar o‘z kuchlari bilan undagi mavjud alomatlarni aniqlashlari qiyin bo‘ladi.
Hayotining birinchi yillaridagi (1-3 yosh) bola isitma bilan qayt qilish vaqtida, qusuq moddalarini aspiratsiya(nafas yo‘llariga yutib yuborilishi)qilishi mumkin,ahir u ko‘p vaqtni gorizontal va yarim yotgan holatda o‘tkazadi.Bu nafas olishning o‘tkir buzilishi va keyinchalik bronxopnevmoniyaga (mayda bronxlar va o‘pka to‘qimalarining yallig‘lanishi) olib kelishi mumkin.Shuning uchun go‘daklarda qayt qilish rivojlanganda iloji boricha tezroq shifokorga murojat qilish kerak.
Isitma bilan qayt qilish birikmasi bolalalik yoshida ancha ko‘p uchraydi. Bunday alomatlar paydo bo‘lganda ota-onalar o‘z kuchlari bilan davolashga urinmasdan,birinchi yordam ko‘rstilgandan keyin shifokorga murojat qilishlari kerak. Kasallangan bola qanchalik yosh bo‘lsa,uni shuncha tez mutaxassisga ko‘rsatish kerak.
QANDAY DAVOLASH KERAK
Isitma va qayt qilishdagi davolash birinchi navbatda sababchi omillarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak,lekin kerakli preparatlarni faqat shifokor aniqlab berishi mumkin.
Isitma tushiruvchi va qayt qilishga qarshi dorilarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilmagan ma’qul,chunki ular bemor holatining ancha og‘irlashishiga olib kelishi mumkin.Gap shundaki, isitma va qayt qilish aslo zararli alomatlar emas,ular infeksiya va intoksikatsiya oqibatlarini iloji boricha tez yo‘qotishga yo‘naltirilgan.Qayt qilish yordamida organizm hazm qilish tizimini toksin va mikroorganizmlardan tozalaydi,yuqori tana harorati esa kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarning ko‘paymasligi uchun nomuvofiq muhit yaratadi.Bu ta’sirlarni asossiz bostirish, organizmdagi intoksikatsiya darajasi va og‘irlashishlar xavfini oshiradi.
Shifokorga murojat qilishdan oldin nima qilish mumkin? Isitma bilan qayt qilish rivojlanganda birinchi yordam sifatida adsorbent(shimib oluvchi)vositalar- masalan,Filtrumni® qabul qilish mumkin.U faqat oshqozon-ichak traktining oralig‘ida ta’sir qiladi,shu bilan birga qorin devorlariga ta’sir qilmaydi va qayt qilish qistovlarining zo‘rayishiga undamaydi.Filtrum® aksariyat toksin va kasallik qo’zg‘atuvchi mikroorganizmlarni o‘z sathiga cho‘ktirib oladi va ularning axlat bilan chiqib ketishiga yordam beradi. Shu bilan birga intoksikatsiya va ko‘ngil aynishining ifodalanganligi kamayadi. Filtrum nafaqat zaharlanish va ichak infeksiyasida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki intoksikatsiya, isitma va qayt qilish bilan ifodalangan bir qator kasalliklarda ham yordam beradi.
Muhim: qo’llashdan oldin yo’riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Keyinchalik davolash tartibi umumiy klinik suratining tahlili va o‘tkazilgan tekshiruvlardan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda,shifokor tomonidan tayinlanishi kerak.