Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya


Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.


Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.


Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.


© Doctor Muxtorov