Muhabbat tafti haqida malumot

MY5 “Mening yurtim” telekanalida namoyish etilayotgan, hind kinoijodkorlari

tomonidan tayyorlangan “Muhabbat tafti” (“Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon?”)

seriali ilk bor 2011 yil 6 iyun Hindistonda ekran yuzini ko‘rgan.

Mazkur serialda jamiyatning har bir qatlami a’zolari haqida so‘z yuritiladi. Asosiy

urg‘u hind milliy qadriyatlari — oila, opa-singil, aka-uka va qarindosh-urug‘

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qaratiladi. Serialning o‘ziga xos jihati

shundaki, uning ayrim joylari mashhur “Sohibjamol va maxluq” multfilmi

syujetlariga o‘xshab ketadi.

muhabbat tafti haqida malumot

Film haqida qisqacha

Kxushi Kumari Guptaning ota-onasi avtohalokat sabab dunyodan o‘tadi va uni

Lakxnau shahridagi qandolatchi oilasi asrab oladi. U tutingan opasi Payalni juda

yaxshi ko‘radi, biroq ko‘ngilsiz bir hodisa tufayli u opasining to‘yi buzilishiga

sababchi bo‘lib qoladi. Bu esa otasining moliyaviy tang ahvolga tushishiga ham

sabab bo‘ladi. Qizlar o‘zlari yashab turgan joyni tark etib, yangi shahar va yangi

taqdir o‘yinlari sari yo‘l olishadi. Kxushi ushbu vaziyatdan qanday chiqadi?

Buzilgan to‘y oqibatida opa-singillarning taqdiri qay darajada o‘zgarib ketadi?

Ularni oldinda yana qanday sinovlar kutyapti? Arnav Singx bilan bo‘lgan tasodifiy

to‘qnashuv uning hayotini keskin o‘zgartirib yubordi. Janjal bilan boshlangan bu

uchrashuv ikki yosh uchun qanday sinovlarni va’da qiladi? Muhabbatmi yoki

nafrat? Bu savollarga serialni kuzatib borib javob topishingiz mumkin.

Bosh rol ijrochilari haqida

Arnav Sinx — Barun Sobti

1984 yil 21 avgust kuni Hindistonning Dehli shahrida tavallud topgan.

Aktyorlik faoliyatini 2008 yildan boshlagan.

Shu kungacha 4 ta film va 4 ta teleserialda suratga tushgan.

Mazkur serialda Arnav Sinkx Rayzoda obrazini yaratgan.

Ushbu roli uchun 2012 yil bir qator yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritgan,

xususan,

“Eng yaxshi aktyor”, “Sevimli yangi ishtirokchi”, “Eng mohir ishtirokchi”, “Sevimli

juftlik”, “Sevimli kino yulduz”, “Oynai jahondagi sevimli juftlik”, “Eng mashhur

aktyor”, “TV dramadagi sevimli aktyor” kabi nominatsiyalar g‘olibiga aylangan!

1983 yil 17 sentabr kuni Hindistonning Mumbay shahrida tavallud topgan.

Model, raqqosa va aktrisa sifatida faoliyat yuritadi.

Kino olamiga 2006 yil kirib kelgan.

Shu kungacha 5 ta televizion shou, bitta film va 6 ta teleserialda suratga

tushgan.

Sanayya mazkur serialda Kxushi Kumari Gupta rolini ijro etgan.

Ushbu roli uchun 2012 yil bir qator yuksak mukofotlarni qo‘lga kiritgan,

xususan,

“Eng yaxshi aktrisa”, “Eng mashhur sevimli aktrisa”, “Oynai jahondagi sevimli

juftlik”, “Yilning eng yaxshi kino yulduzi”, “Oynai jahondagi sevimli aktrisa”

nominatsiyalarining mutlaq g‘olibiga aylangan!

Darakchi gazetamizning keyingi sonlarida serialning boshqa qahramonlari

haqidagi ma’lumotlar va serial rivoji bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishishingiz

mumkin, deb yozadi Darakchi