Donning achchig’i yaxshi,
So’zning — shirini.
|
Do’st orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.
|
Yomon gap — bosh qozig’i,
Yaxshi gap — jon ozig’i.
|
Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni — so’z.
|
Iliq so’z — shakar,
Sovuq so’z — zahar.
|
Puling bo’lmasa, bo’lmasin,
Shirin so’zing bo’lsin.
|
So’zning boyligi — odamning chiroyligi.
|
Shirin so’z shakardan shirin.
|
Har kim o’z till bilan tirik.
|
Hikmat — bir hovuch oltin.
|
Bir tavakkal buzadi,
Ming qayg’uning qal’asin.
Bir shirin so’z bitkazar,
Ming ko’ngilning yarasin.
|
Ko’zdan ko’zing toysa,
So’zdan ko’ngling toyar.
|
Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
Bir — yomon gap.
|
Birovning o’zi g’ar,
Birovning so’zi g’ar.
|
Bug’doy noning bo’lmasin,
Bug’doy so’zing bo’lsin.
|
Gapda g’iybat yomon,
Dardda — quyanchiq.
|
Gapdan gap chiqar,
Cho’pdan — xas.
|
Gapi gapga o’xshamas,
Og’zi gapdan bo’shamas.
|
Gap egasini topar.
|
Gapning yomoni pichir.
|
Gapning ozi yaxshi,
Qizning — nozi.
|
Gapning qisqasi yaxshi,
Qisqasidan hissasi yaxshi.
|
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
|
Yomon til yo jonga urar,
|
Odam — so’zlashguncha,
Yilqi — kishnashguncha.
|
So’z chumchuq emas,
Og’izdan chiqsa, tutib bo’lmas.
|
Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar.
|
Gapni gap ochar,
Yomon gapdan qochar.
|
Yomonning tili bor,
Yaxshining — dili.
|
Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan so’zi qursin.
|
Ko’ngilsiz gapning kechikkani yaxshi.
|
Yomon so’zning qanoti bor.
|
Qo’yning qimmati — yungida,
Odamning qimmati — so’zida.
|
Yomonning yaxshi so’zidan,
Yaxshining yomon so’zi yaxshi.
|
Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan bo’l.
|
Yomon so’z bo’lmasa,
Yaxshi so’z bo’lmaydi.
|
Yomon til boshga balo keltirar,
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.
|
Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so’z jonni ilitar.
|
Dunyoni yel buzar,
Odamni — so’z.
|
Ovni — oziq bilan,
Odamni — so’z bilan.
|
Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
|
So’z kaltada,
Un xaltada.
|
Suyaksiz til suyak sindirar.
|
So’z ko’rki — maqol.
|
So’z ojizi bo’lguncha,
|
So’z emgak bo’lar,
Bo’z — ko’ylak.
|
So’zda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.
|
So’zdan so’zning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor.
|
So’zdan so’z chiqar,
So’zlamasang na chiqar.
|
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,
So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq.
|
So’zning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.
|
So’zning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.
|
Tayog’i yo’g’on birni urar,
So’zi yo’g’on mingni urar.
|
Til — dil kaliti.
|
So’z oyoqdan ilgari borar.
|
So’zi nodurustning o’zi nodurust.
|
So’zni bir ezmadan so’ra,
Bir — kezmadan.
|
Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.
|
Taom lazzati o’zida.
Odam lazzati — so’zida.
|
Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
|
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
|
Tilingda bo’lsa boling,
Kulib turar iqboling.
|
El bor yerda so’z bor.
|
Uzun til — umr zavoli.
|
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
|
Tilga e’tibor — elga e’tibor.
|
Tig’ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
|
Tilni bog’la dil bilan,
Dilni bog’la til bilan.
|
Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.
|
Uzun til — boshga to’qmoq,
Bo’yinga — sirtmoq.
|
Chin so’z — mo’tabar,
Yaxshi so’z — muxtasar.
|
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
|
Toza suvni yer olar,
Yaxshi so’zni el olar.
|
Shirin so’z — qaymoqli ayron,
Achchiq so’z — bo’yniga arqon.
|
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir.
|
Fil ko’tarmaganni til ko’tarar.
|
Til — dil tarjimoni.
|
O’z aqling aqldir,
Elning aqli naqldir.
|
Yaxshi gapga quloq sol,
Yomon gapga uloq sol.
|
Yaxshi og’izga — osh,
Yomon og’izga — tosh.
|
Yaxshi so’z bo’ldiradi,
Yomon so’z kuydiradi.
|
Quloqdan kirgan sovuq so’z
Ko’ngilga borib muz bo’lar.
|
Qizil tilim bo’lmasa, qishlar edim elimda.
Yashil tilim bo’lmasa, yayrar edim elimda.
|
O’tarchining nashtari yeng ichida,
Zahar xotin nashtari til uchida.
|
Qizil tilim tiyolmadim,
Qizimnikiga borolmadim.
|