Chex xalq maqollari va matallaridan

Chexlar – slavyan oilasiga mansub xalq. Chexiyaning asosiy aholisi. AQSH, Kanada, Germaniya, Isroil, Argentina, Buyuk Britaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Chex tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 10 milliondan ortiq.



Agar ahmoqlik ham kasallik boʻlganida, sen kechasi bilan dodlab chiqarding.
Gʻazab ertaga qoldirish mumkin boʻlgan yagona narsadir.
Yogʻimiz bor, lekin u mushuklar uchun emas.
Itni urmoqchi boʻlgan odam hamisha tayoq topadi.
Koʻp narsani xohlaydigan kishiga koʻp narsa yetishmaydi.
Maqtov ortidan quvma, lekin bor kuching bilan maqtaladigan darajada ish qil.
Nifoq bor uyda oltin goʻngga teng.
Ogʻizdan chiqqan soʻzga ikkita otda quvib ham yetolmaysan.
Pivoxoʻr tarvuzga oʻxshaydi – qorni kattalashadi, bandi quriydi.
Tejalgan pul ishlab topilganidan kam emas.
Toʻq ochga ishonmaydi.
Haqiqat koʻzga kiradi, quloqni yirtadi.
Har bir tulki oʻz dumini maqtaydi.
“Hech narsa qilmaydi”ni yuzga koʻpaytirsang, hoʻkizni oʻldirishi mumkin.
Hech qachon bundan-da yomonroq boʻlishi mumkin boʻlmagan darajada yomon boʻlmaydi.
Shoshib uylansang, shoshmasdan afsuslanasan.
Eng toʻgʻri soat – oshqozon.
Er uyiga pul olib kelar ekan, xotini uni erkalatishda davom etadi.
Yangi til oʻrgansang, yangi qalbga ega boʻlasan.


Orif Tolib tarjimasi


oriftolib.uz