Avatiga chavati,
Qum qozonga — loy tuvoq.
Ayol yerdan chiqqan emas,
Erkak bolasi.
Erkak ko’kdan tushgan emas,
Ayol bolasi.
Alixo’ja — Xo’jaali.
Atlas yamog’i — atlasga,
Shol yamog’i — sholga.
Baxtli bilan bahslashma,
Tomlik bilan tenglashma.
Boqqolda mening gapim,
Qassobda sening gaping.
Bel ushlashganda, otangni ayama.
Besh barmoq barobar emas.
Besh panja teng emas.
Besh qo’l barobar emas.
Beshikdagiga tegma, betingni yular.
Burgut chivin tutmas.
Gul — gulga,
Tikan — tikanga.
Yog’ — yoqqa,
Go’sht — go’shtga.
Yog’ yoqqa tomar,
Moshobaga jiz ham yo’q.
Zamoni birning amali bir.
Zamoni boshqaning amali boshqa.
Ikki ot tepishsa,
O’rtada eshak o’lar.
Ikki tentak bir bo’lsa,
Sog’ odamday gaplashar.
Ikki tuya suykansa,
O’rtada chivin o’lar.
Ikki yalang’och hammomda topishar.
Ikki o’n besh — bir o’ttiz.
Ikki qirchang’i bir to’qayda topishar.
Ikki qo’chqor urishar,
Echkining buti ayrilar.
Ilon tilini ilon tushunar.
Ipni ipga qo’sh,
Tengini — tengiga.
It bolasi — itga yaxshi,
Qush bolasi — qushga yaxshi.
It,
Itning o’rtog’i bit.
It itning quyrug’ini bosmas.
It oydinda topishar.
It sarqitini yo’lbars yemas.
It chopar, deb bit chopar.
Itning basti — gadoy.
Itning boshini it yer.
Itning ishi gadoy bilan.
Itning o’rtog’i — it.
Yo’ling bilib, yo’ldosh qil,
Tenging bilib, tengdosh qil.
Kapasiga yarasha qirmovi,
Eshagiga yarasha tushovi.
Kar karni bilar,
Zo’r — zo’rni.
Kishi bilan kishi teng emas.
Kuchuk torn tepasiga chiqsa ham,
Egasidan katta bo’lmas.
Ko’lmak suvga — sassiq alaf.
Ko’p og’iz ko’p gapirar.
Ko’p qarining ichida,
Bir bola dono bo’lur.
Ko’p bolaning ichida,
Bir qari bola bo’lur.
Ko’r ko’r bilan qorong’ida topishar.
Ko’r — ko’rga,
O’r — o’rga.
Ko’r ko’rni topar,
Suv — chuqurni.
Ko’rgan bilan eshitgan bir emas.
Loy yorig’iga — loy,
Chang yorig’iga — chang.
Lo’li bilan kuchuk o’ch.
Moy berganga moy ber,
Toy berganga — toy.
Nojinsning oshnasi bo’lmas.
Odam bilan odam tengmi,
Aris bilan bodom tengmi.
Odam odamga o’xshar,
Mol — molga.
Oy bilan kunday bo’l,
Hammaga birday bo’l.
Olma olmadan rang olar.
Ot bilan tepishgan toyning engagi sinar.
Ot tepkisi otga o’tmas.
Ot tepkisini ot ko’tarar.
Otang — bozor, onang — bozor.
Otliq yo’ldosh bo’larmi
Arbali bilan.
Yo’rtoq yo’ldosh bo’larmi
Yo’rg’ali bilan.
Othq piyodaga hamroh bo’lmas.
Och bilan to’qning na ishi bor.
Och bola to’q bola bilan o’ynamaydi,
To’q bola och bolani o’ylamaydi.
Och qadrini to’q bilmas.
Pashsha bolga yopishar,
Kampir — cholga.
Pes pes bilan qorong’ida topishar.
Pes pesni topar,
Suv — pastni.
Pesning chekiga moxov tushibdi.
Piyoda tuyadagi bilan barobar emas.
Piyoz sotganning murch sotgandan xabari bor.
Polopon — boshiga,
Turumtoy — to’shiga.
Puliga yarasha duosi.
Sabasiga yarasha pishgagi.
Savolga — javob, salomga — alik.
Sizdan ugina,
Bizdan bugina.
Sichqonga — o’lim,
Mushukka — o’yin.
So’k oshiga — surnay,
Un oshiga — karnay.
So’qir otga qo’tir ot uyur.
Tangalik yerda tenglik yo’q.
Temirchining bir urgani,
Ko’mirchining ming urgani.
Teng bo’lmay, duch bo’lmas.
Teng yeganni tangri suyibdi,
Ortiq yeganni arvoh uribdi.
Teng tengi bilan,
Keli sopi bilan.
Teng tengi bilan,
Tezak qopi bilan.
Teng tengi bilan,
To’n yengi bilan.
Tengini topsang, tekin ber.
Tenglik — kenglik.
Tengsiz bilan teng bo’lma.
Tomdan tarasha tushdi,
Bo’yimga yarasha tushdi.
Tuya tuzni sevar,
Yigit — qizni.
Tuya qancha bo’lsa, jihozi — o’shancha.
Tuya — qancha, yarasi — shuncha.
Tuyadan katta fil bor.
Chigal soqolga temir taroq.
Chumchuq ham o’z toshicha botmon.
Shu qozonga shu cho’mich.
Yugurukdan yuguruk chiqsa,
Oyog’i — tipir-tipir.
O’zingdan pastga siringni aytma.
O’rdak bilan topishgan
Xo’rozning katagini suv bosar.
O’rdak o’rdak bilan uchar,
G’oz g’oz bilan uchar.
O’roqchining ming urgani —
Boltachining bir urgani.
O’xshatmaguncha uchratmas.
O’g’rining xotini o’ziga loyiq.
Qizga er topiladi,
Yigitga yor topiladi.
Qora uyga — ola bargak.
Qudang qui bo’lsa, quldek bo’l.
Qush tilini qush bilar.
Qo’y bilan bo’ri bir og’ilda yashamas.
Qo’l qo’lni tank.
G’arib ko’ngli g’aribda.
G’isht masjidga — yog’och mezana.
Hamma odam — bir odam,
Hamma maxluq — bir maxluq.