Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar

Boshi og’rimaganning xudo bilan nima ishi bor.

Buzoq somonxonani bo’shatar,

Bola — nonxonani.


Burunni sassiq deb kesib bo’lmas.


Bo’rini ko’rsa, ovul iti birlashar.


Bo’rining qulog’i — ovda.


Gadoga oq xalta ham bir, ko’k xalta ham.


Dunyoning kerakligini bozorda bildim,

Oxiratning kerakligini — mozorda.


Yog’och suvdan to’ymas.


Jon qiynamay, yumush bitmas,

Talaba bo’lmay, murodga yetmas.


Zarurat tushsa, zar to’kilar.


Zarulga zarur,

Nozarulga ne zarur.


Ishtonsizning tushiga Ikki enlik bo’z kirar.


Yig’lagan ko’zga — yosh,

Tilagan og’izga — osh.


Yig’lamagan bolaga emchak yo’q.


Yo’qni kerak toptirar,

Yolg’iz otni sottirar.


Yo’qni kerak toptirar,

Har tomonga choptirar.


Kampirning dardi — g’o’zada,

Yigitning dardi — bo’zada.


Kar qattiq so’zlar.


Katta uyga ne kerak,

Kichik uyga shu kerak.


Kel-kelga olsa, keli sop tug’ar.


Kelar gapni kelin ham aytar.


Kerak terakni yiqitar.


Kes-keslagan it ovga yaramas.


Ketar qizning ko’ngli kuyovda.


Kinnachi der: «Kasal ko’paysin»,

Go’rkov: «O’lik ko’paysin».


Kir yuvgichga — suv quygich.


Kunim uchun kul tortaman.


Ko’rga ko’zgu kerakmas.


Ko’chaning ko’rki — tol,

Yaylovning ko’rki — mol.


Loysiz suv, qurbaqasiz ko’l bo’lmas.


Mevasini ye, egasini surishtirma.


Men ne deyman,

Qo’bizim nima deydi.


Men o’z holim bilan,

Mulla mening molim bilan.


Merosdan yumruq tegsa ham ol.


Ming qo’ylining bir qo’yliga ishi tushar.


Molsiz uy bor, nonsiz uy yo’q.


Molsiz uy bo’lsa bo’lar,

Yuksiz uy bo’lmas.


Mo’ynaning pardozi — chiviq.


Nonsiz yashab bo’lmas,

Gapni oshab bo’lmas.


Odam odamga kerak,

Jon — tanga.


Oyoq charchasa, tayoq yaraydi.


Oz bo’lsa yetar,

Ko’p bo’lsa ketar.


Oy tunda kerak,

Aql — kunda.


Oyliging kuysa kuysin,

Kunkging kuymasin.


Olovga kelgan elakni olmas.


Ot bo’lmaganda eshak ham ot.


Ot topguncha egar top.


Ot tuz deydi,

Yigit — qiz.


Otaga — mol, qizga — jamol.


Otni topish bir kunlik,

Abzal topish ming kunlik.


Och kishi moy tanlamas,

Qari qiz boy tanlamas.


Och kishiga osh qo’ysang, betingga qaramas.


Och qolgan nondan gapirar.


Och qolganga qozon ostirma,

Sovuq qotganga o’t yoqtirma.


Ochlik ko’chaga chiqarar,

Yalang’ochlik uyga kirgizar.


Ochning jahli qomida.


Osh totig’i — tuz.


Oshning ta’mi tuz bilan,

Suvning t’a’mi muz bilan.


Og’riq qayerda bo’lsa, jon o’sha yerda.


Sayil ham sayil,

Sargardonlik ham sayil.


So’raganning aybi yo’q.


Takaning mugizi tangriga kerak bo’pti.


Tashnaning tushiga suv kirar.


Temirchiga ko’mirchi hokim.


Tilab olgan to’n tizzaga chiqmas.


Tilab olgan non qorin to’ydirmas.


Tilaganga ne berar,

Qatti-qutti non berar.


Tilaganim tizdan tuban.


Tilingandan tilangan yomon.


Tilini tishlagan tishini sug’urib olmas.


Tirikchilik toshni ham yorar.


Tirikchilik sherni ham tulki qilar.


Tulkiga jon kerak,

Ovchiga teri kerak.


Turmush — urinish.


Txixumni ko’rmaganga qoraqarg’a ham tovuq.


Tuya och bo’lsa, jihoziga tarmashar.


Tuya tuz deb yig’lar,

Yigit — qiz deb.


To’yganda to’qlining go’shti ham tatimas,

Och qolganda zog’ora non ham ortmas.


Uyqu o’rin tanlamas.


Uksiz o’z kindigini o’zi kesar.


Xotin boshim erkak bo’ldi,

Qora sochim telpak bo’ldi.


Chayon chaqqan uxlaydi,

Qorni och uxlamaydi.


Charchab kelib mingan so’ng,

Cho’loq eshak ot bo’lur.


Chiroqning piligiga yog’ kerak,

Odamning — iligiga.


Egasiga kerak bo’lsa, qo’shnisi o’pkalamas.


Er boshiga ish tushsa,

Etik bilan suv kechar.

Ot boshiga ish tushsa,

Suvliq bilan suv ichar.


Eshak yotaqolsam deydi,

Egasi yetaqolsam deydi.


Ehtiyoting bo’lsa, ehtiyojing bo’lmas.

Yantoqli yerda so’na bor.


O’g’ilga bir kerak bo’lsa,

Qizga ming kerak.


O’g’illi boshim o’yinda,

Qizli boshim qiyinda.


O’g’ling bo’lsa, elga ber,

Qizing bo’lsa, erga ber.


Qarz beruvchi — arslon,

Qarz oluvchi — sichqon.


Qarz olgan qochar,

Qarz bergan quvar.


Qari qizga tong otmas.


Qizli uy qizilga to’ymas.


Qizg’anchiqdan ortar, mechkaydan ortmas.


Qora qorning — qora qayg’ung.


Quzg’un och qolsa, tirikni ham cho’qir.


Qulunli biyadan quduq suvi ortmas.


Hamma yukni ko’targan tuya,

Kapkirni ham ko’tarar.


Har kimning tomiga qor yog’sa, o’zi kuraydi.


Har kishi o’z qopining og’zini o’zi ochar.


Ho’kizning mo’guzi o’ziga og’irlik qilmas.