Abdulhakim ovga chiqdi,
Orqasidan g’avg’o chiqdi.
Avvalgi baxtim — gul baxtim,
Keyingi baxtim — suvga oqdim.
Avvalini berguncha, oxirini bersin.
Azobli qulni ot ustida it qopar.
Axtarganda topilmas,
Kerakmasda zor-zor.
Baxt kulgu bor uyga kirar.
Baxt — sandiqda, kaliti — osmonda.
Baxtli ovchiga cho’loq kiyik yo’liqar.
Baxtsiz kishini tuyaning ustida it qopar.
Baxtsiz quduqqa kirsa, qum yog’ar.
Baxtsizlikda oltin ham xira.
Bemor tuzalgisi kelsa,
Tabib o’z oyog’i bilan kelar.
Beobro’ bel bog’lasa,
Bechora bo’yin egar.
Beraman degan quliga,
Undan-bundan yetkazar.
Bermayman degan qulining
Bor-yo’g’ini ketkazar.
Beraman degan quliga,
Chiqarib qo’yadi yo’liga.
Olaman degan qulidan,
Tortib oladi qo’hdan.
Biz o’g’irlikka chiqsak, oydin bo’lar.
Biz qalliqqa borganda, oy yorug’ bo’lar.
Birov suv topolmaydi ichgani,
Birov suv topolmaydi kechgani.
Birov — tojdor,
Birov — bojdor.
Birov o’laman desa,
Birov kulaman deydi.
Bozorga bor, baxtingdan ko’r.
Bolta ursam tegdi toshga,
Qaytib tegdi mungluq boshga.
Borga balo yopishmas.
Boshim balo ichida,
Oyog’im jafo ustida.
Davlat qochar, mehnat quvar.
Davlat ham egiz-egiz,
Mehnat ham egiz-egiz.
Davring kepti, sur begim,
Davroning kepti, ur begim.
Devonaning ishini xudo o’nglar.
Doying mirob bo’lguncha,
Yering o’y bo’lsin.
Yetim qizning to’yini yomg’ir buzar.
Yo dong’ing chiqsin,
Yo — changing.
Yo yering serob bo’lsin,
Yo otang mirob bo’lsin.
Yo jon chiqsin,
Yo — nom.
Yo lovullab yon,
Yo birato’la o’ch.
Yo — ostidan,
Yo — ustidan.
Yo oting chiqsin,
Yo — o’ting.
Yo poshsho buzar,
Yo — pashsha.
Yog’ ichida yayramagan qora buyrak.
Jo’janing iqboli bo’lsa,
Tovuqning emchagi bo’lar edi.
Yigit boshidan davlat yiroq emas.
Yigit moli — yerda.
Yiqilganning ustiga yulduruq.
Yig’laganning oldidan ingragan chiqar.
Yo’li bo’lgan yigitga yo’ldan yo’ldosh qo’shilar.
Yo’li bo’lgan yigitning yangasi oldidan chiqar.
Yo’ling charog’on bo’lsa,
Turmushing farovon bo’lar.
Kal qizning baxtini ko’r,
O’tirgan taxtini ko’r.
Kambag’al qiz qaltiraydi,
Peshonasi yaltiraydi.
Kambag’alni ot ustida it qopar.
Kambag’alning yolg’iz qo’zisiga qashqir tegar.
Kambag’alning kasali ohsda bo’lsa,
Tabib ham bormas.
Kambag’alning ovi yurmas,
Ovi yursa ham dovi yurmas.
Kambag’alning osh ustida burni qonar.
Kambag’alning og’zi oshga yetganda,
Boshi toshga tegar.
Kamonsizga kiyik uchrar.
Kel-keli kelsa, bulamiq tish sindirar.
Kel-keli kelsa, kelindan avval qiz tug’ar.
Kel-keli kelsa, it ham saxovatli bo’lar.
Kehshmaganning kelini — o’g’ri.
Kumush kunga qo’nsa,
Oltin o’z oyog’i bilan kelar.
Running kuni bo’lganda,
Cho’rtan baliq terak boshida suzar.
Laqayning kuyov bo’lgani — bek bo’lgani.
Manglayimda bo’lsa ko’rarman,
Ayamda bo’lsa yalarman.
Ming qo’ylining qo’yi qoldi,
Bir qo’ylining qo’yi ketdi.
Moling xo’ra bo’lsa, berdi xudo,
Xotining xo’ra bo’lsa, urdi xudo.
Ovi yurganning dovi yurar.
Ovchining oshi — oyog’ida,
Qo’ychivonning baxti — qo’yida.
Oyda-yilda bir bozor,
Uniyam yomg’ir buzar.
Omadi kelsa, sichqon filni yengar.
Omadning shishasi temirchining dandonini sindirar.
Oriq otga chang yuqar.
Oriq otga qamchi yov,
Teshik tomga tomchi yov.
Ot bozori — baxt bozori.
Ota bilan qolgan — shum yetim,
Ona bilan qolgan — gul yetim.
Otangning chorvog’ida qolguncha,
Onangning o’ymog’ida qol.
Otasi urmagan qo’ng’izni,
Bolasi urar to’ng’izni.
Otdan ola ham tug’ar, qora ham.
Oting yaxshi bo’lsa,
Bu dunyoning farog’i.
Xotining yaxshi bo’lsa,
Bu dunyoning charog’i.
Och qoringa — achchiq ayron.
Och qoringa — namakob.
Oq kunda oqararsan,
Qora kunda qorayarsan.
Tavakkalni toshga ur,
Baxtingdan ko’r.
Tavakkalning eshagini bo’ri yemas.
Tavakkalchining kemasi botmas.
Tayoqsizga tovushqon uchrar.
Talak uiganni falak urar.
Tanlab-tanlab tozga uchrabdi.
Tanlagan tulkiga yo’liqar.
Taxting kulguncha, baxting kulsin.
Temir qarmoqqa — oltin baliq.
Temirchi taqaga yolchimas,
Bo’zchi — belboqqa.
Tilab olgan bolamni echki suzib o’ldirdi.
Toleyim toldan ekan,
Buyrug’im kaldan ekan.
Toshsiz tarozining shayini siniq.
Tul xotinning boshiga turna tezaklar.
Tut yaxshisi — yerga,
Qiz yaxshisi — ko’rga.
To’qqiz qizning to’lg’og’i bir kelibdi.
Usta pichoqqa yolchimas,
Etikdo’z — bigizga.
Xaridning saxtini tilaguncha, baxtini tila.
Xizir nazar qilmasa,
Eshak bozoriga dallol ham bo’lmaysan.
Xon taxtidan qo’rqar,
Qiz — baxtidan,
Xotin baxti erda bo’lar,
Yetim — baxti yerda.
Xudo urganni payg’ambar ham hassasi bilan turtar.
Xudo urgan tuyani Vaysulqora na qilsin.
Sham yorug’i tubiga tushmas.
Sho’rga tushgan sho’ri qurir.
Sho’rlikka yo’l o’yilar.
Etikdo’zning etigi yirtiq.
Eshagim cho’loq bo’ldi,
Manzilim yiroq bo’ldi.
Eshakliga tulki uchrar.
Eshikdan baxt kirsa,
Falokat teshikdan qochar.
Yurganga yo’rg’a yo’liqar.
Yaroqliga yov yo’liqmas.
O’zim uzun bo’lsam ham, toleyim past.
O’lganning ustiga tepgan.
O’lganning ustiga — o’n tayoq.
O’tirib edim g’amsiz,
Buzog’im tug’di dumsiz.
Qayg’u yo’g’ida qayg’u —
Qaynanamning o’lgani.
Qarimtaning ustiga qor yog’mas.
Qizga oltindan taxt emas,
Barmoqday baxt tila.
Qizning baxti — erning davlati.
Qimorboz ham yutar, ham yutqazar.
Qordan qutulgan, yomg’irga tutilar.
Qorong’u kun mangu bo’lmas.
Quduq tubiga kun tushmas.
Qurchalagan ko’zga cho’p tushar.
Har yigitga bir omad.
Har narsaning vaqti bor,
Har bir qizning baxti bor.
Har oqshomning bir tongi bor.
Husning bo’lguncha, baxting bo’lsin.