Jizzax viloyati-O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. Shimoliy-sharqda Qozog’iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubiy-g’arbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jaubiy-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Jizzax viloyatida 12 ta qishloq va tuman (Arnasoy, Baxmal, Do’stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho’l, Paxtakor, Yangiobod, Forish, G’allaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Do’stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, G’allaorol), 8 shaharcha (Bo’ston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, O’smat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qo’ytosh). Markazi-Jizzax shahri.
Tabiati. Relyefi tog’lik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), g’arbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shimol va shimoliy-g’arbi va sharqiy qismi (Mirzacho’l va Qizilqum cho’lining janubiy-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha harorati -0 dan -4° gacha, iyulniki 28°. Tog’ oldilarida iqlim cho’l va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yog’in viloyat janubda 400-500 mm, shimolda 250-300 mm. Vegetatsiya davri 210-240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800-3000 soat. Eng yirik daryolari-Sangzor, Zominsuv. Tog’lardan oqib tushuvchi soy ko’p. Ekinlarni sug’orish uchun Tuyatortar kanali, 1 va 2-Janubda Mirzacho’l kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarko’l va Tuzkon ko’llaridan baliqchilikda foydalaniladi. Tog’ yon bag’irlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yong’oq, na’matak, zira, rovoch, zirk kabilar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyabo’ri, tulki, quyon, qobon, bo’rsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirg’ovul, yovvoyi o’rdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bog’i, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan. Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor bo’lgan shifobaxsh mineral suvlar bor. G’allaorol, Forish, Mirzacho’l tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat ko’rsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqo’rg’on balchig’idan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi. Aholining ko’pchiligi o’zbeklar, shuningdek, qozoq, qirg’iz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va boshqalar. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi.
28-dekabr Lotin Amerikasida «Kulgu kuni”
28-dekabr Lotin Amerikasidagi xalq xazil-mutoyibaga moyilligi sabablimi «Kulgu kuni” bayramini nishonlaydilar. Bu kun bizdagi 1-aprelda emas, 28-dekabrda nishonlanadi. Bu kuni har bir meksikalik kimnidir hazillashib aldaydi. Hatto bu kuni hazillashib o‘g‘rilik qilganlar ham jazodan aldab qutulib qolishlari mumkin.
28-dekabr Butunjahon kino kuni
Kino 1895-yil 28-dekabirda Parijda (ixtirochilar aka-uka O. va L.Lyum’erlar) yuzaga kelgan. Uning yuzaga kelishi, o’z navbatda, insoniyatning badiy madaniyati tarixida obektiv qonuniyat bosqichi bo’ldi. Kinosida adabiyot, teatr, tasviriy san’at va musiqa tarjimalari, uning estetik jihatlari uyg’unlashtirib, o’ziga singdirilgan holda voqealik o’ziga xos ifoda vositalarida fotografiktasvir orqali ko’rsatiladi. Ommani ijtimoiy-siyosiy va madaniy jixatdan tarbiyalashda, kishilar ongi, fikr va qarashlari, estetik did va his-tuyg’ulari, umuman, ma’naviy dunyosining shakillanishida g’oyaviy-badiy ta’siri kuchlidir. Kino san’atining qaror topishida amerika kinorejissiyori D.Griffitning xizmatlari katta. Birinchi bo’lib, u yirik plan, parallel montaj, kengaytirilgan ponoroma kabi ifodali vositalarni qo’llagan. Shuningdek, S.Eyzenshteyn, Ch.Chaplin, E.Shtrogeym, K.Dreyer, K.Vindor, R.Kler kabilar ham jaon kinosi rivojiga munosib hissa qo’shdilar. 20-asrning 1-yarimida Kino san’atining janr tizimida ko’proq komediya xarakteridagi sarguzasht hamda qo’rqinchili filmlar o’rin oldi. 20-yillardan kinoda turli uslubiy izlanishlar bo’ldi. «ekspressionizm”, «poetik kino”, «maxfiy kino” harakati, «ochiq kino” va boshqalar. Keyinroq turli mavzular qatori kinohikoyalariga alohida e’tibor berildi. Ko’proq ma’lum bir tarixni hikoya qiluvchi filmlar ko’paydi. Urushdan keyingi yillar rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kinematografchilari ishlagan filimlar, ayniqsa, italiya neorealizm ekran san’atining asosini tashkil eti. 50-yillarning oxirlari kino va televideniening o’zaro bir-biriga tasiri, bir necha saot davom etadigan filmlar ishlash kabi muhim o’zgarishlar yuz berdi. Osiyo, afrika, Lotin Amerikasi kabi ko’pkina mamlakatlarda yangi kinematogrofik maktablarning rivojlanishi kino mahsulotlarining xilma-xilligini ta’minladi. Ekran ijodida polifoniyaning turli shakillari qo’llanila boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda eski janrlarinig o’ziga xos qayta uyg’onish davri boshlandi. Birinchi navbatda, melodrama hamda kinematogrofik bayonda an’anaviy shakllarning jonlanishi ko’zga tashlandi. Ayni vaqtda yangi televizion tizimi (kabelli telvedinie), er yo’ldoshi orqali uzatiladigan ko’rsatuvlar, videomagnitafon, videokasseta, videodisklarning keng tarqalishi natijasida rivojlanishi murakkablashdi. O’zbekistonda birinchi film 1897-yil. «Eski juva” maydonida ko’rsatilgan. 1908-yildan Toshkent, Samarqand, Qo’qon va boshqa shaharlarda chet el filmlari namoyish etilgan. O’rta Osiyoda ko’rsatilgan kinolentlar, asosan, Amerika, Fransiyaning Sharq ekazotikasi tasvirlangan filmlardan iborot bo’lgan. O’zbek milliy kino san’ati 20-asrning 20-yillarida vujudga keldi. Birinchi o’zbek kinooperatori Xudoybergan Davanov o’zining ilk hujjatli-xronikal filimlarda o’zbek xalqining hayotini, urf-odatlarini, xorazm manzaralarini aks ettirishga intilgan. 1924-yil rus-buxoro shirkati «buxkino”, 1925-yil Toshkentda «Sharq yulduzi” (1936-yildan «O’zbekfilm”) kinofabrikasining tashkil bo’lishi o’zbek rivojini boshlab berdi. Lekin milliy kadrlarining etishmasligi natijasida studiyani tashkil etishga urinish va «Buxkino” shirkati qoshida muntazam suratga olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Badiy kinoni jahonga tanitgan, o’zbek kinosining asoschisi Nabi G’aniev, halq artisti Komil Yormatovlar ijodi o’zbek kinosi tarixining yorqin sahifalari bo’lib qoldi. Shuningdek, Y. A’zamov, Sh.Abbasov, L.Fayziev, Z.Sobitov, R.Botirova A.Hamraev, A.Qobulov, Q.Kamolova, Z.Musoqova, I.Ergashev, H.Fayziev kabi rejissyor va H.Fayziev, A.Pani, M. Peson, D.Abdullaev singari operatorlarning milliy kinoning kamol topishda va olishda xizmatlari beqiyosdir.