19-dekabr Xalqaro axborot tizimini rivojlantirish kuni

1972-yil 19-dekabr kuni birlashgan millatlar tashkilotining yig’inida axborotlar tizimini rivojlantirish kunini  (World Development Information Day) e’lon qildi. Axborot tizimini rivojlantirishdan asosiy maqsad dunyoviy masalalarda muammolarni, masalarni xalqaro hal etish edi.Yig’ilishda ushbu axborot tizimini rivojlantirish kunini 24-oktyabrga belgilandi. Xalqaro axborot tizimini rivojlantirish kuni belgilangandan so’ng 1970-yili xalqaro strategiyani rivojlantirishni keyingi o’n yilikda rivojlantirish maqsad qilib olindi. Mazkur strategik tizim jamiyat fikrlari, dunyoning siyosatga doir dolzarb iqtisodiy masalalarni rivjlantirish maqsadida tuzildi. Tashkil etilgan tizim tarqatilayotgan axborotlarning yaxshilash, jamiyat fikrlarini o’zaro almashinishida, kelgusida kelajak yoshlarlarga axborotlardan foydalana olishlarida katta yordam beradi.


19-dekabr Xalqaro kambag`allarga yordam berish kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) joriy qilgan kambag’allarga Xalqaro yordam  kuni 19-dekabrda dunyo miqiyosida nishonlanadi. «Uzoq vaqt hayot faoliyatini qanoatlantirishni ta’minlovchi resurslar yetishmasligi”, Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan kambag’allik deb qaraladi. Xalqaro eksprtlarning ma’lumotlariga ko’ra 20-asr oxirlarida yer kurrasi axolisining to’rtdan bir qismi, ya’ni bir yarim milliard kishi kambag’al holda kun ko’rishiga mahkum bo’lgan.Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadi-ki, 1999-yildan 2007-yilgacha qashshoqlikdan 300 million kishi nobud bo’lgan. Ta’kidlash lozim-ki, ikkita jahon urushi ham shuncha insonni yostig’ini quritmagan. Qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bir nechta dasturlarni qabul qilgan. Ko’plab mamlakatlarda qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida ko’plab tadbirlar o’tkaziladi.