10-dekabr O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10-dekabr O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o`z davlat ramzlari-bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega. 1992-yil 10-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini sevimli shoirimiz Abdulla Oripov yozgan va Mutal Burxonov musiqa bastalagan. Madhiya O`zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umumxalq bayramlariga bag`ishlangan tantanali yig`ilishlar va majlislarning ochilishi hamda yopilishi vaqtida ijro etiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda davlat idoralarining, korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalarida rahbarlarning Qaroriga binoan hollarida ham ijro etilishi mumkin.