Unib-o`sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning ma`no mazmunini, u
xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutug`i ekanini teran anglab yetsin.
Islom Karimov
O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabr qarori asosida Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan. Bu kunni bayram sifatida nishonlash maqsadida 8-dekabr umumxalq bayrami – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e`lon qilindi. O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi jahondagi insonparvar va demokratik Konstitusiyalardan biri hisoblanadi.Davlatimiz va jamiyatimizning hafaqat bugungi qiyofasi, hayot tarzi, balki kelajagini ham belgilab ezgu maqsadlarimizning huquqiy zamin va poydevorini muhurlab beruvchi Konstitutsiyamiz asosida yashab kelmoqdamiz. Bu kun mamlakatimiz bo`ylab keng nishonlanadi.
8-dekabr Panamada Onalar kuni
8-dekabr kuni Panamada nishonlanadigan Onalar kuni bayrami yilning eng muxim bayramlaridan biridir. Ushbu bayram munasabati bilan ko’p insonlar o’zlarining ish o’rinlarida bo’lmasdan balki uyda-oila davrasida bo’ladilar xamda ular Onalarga xaqiqiy bayram tuxfasini xozirlaydi. Ushbu kun onalar atrofida bo’lishga harakat qiladi. Ammo bu bayramni nishonlash an-anasi xar bir muayyan oilaning o’ziga xos jixatlariga bog’liq bo’ladi. Bir narsa o’zgarmasdan qoladiki ushbu kun barchada xushchaqchaqlik kayfiyati xukum suradi, chunki bu bayramning eng asosiy maqsadi. Bosh inson bo’lgan onaga xurmat ko’rsatishdan iborat bo’ladi. Onalar kuni ko’pchilikni bu bayramning qanday va kim tufayli paydo bo’lganligi savoli qiziqtiradi. Ammo ushbu masala bo’yicha bir xil fakir mavjud emas balki ushbu kun birinchi marta qanday nishonganligi xaqidako’plab farazlar mavjud. Boshqa mamlakatlarda Onalar kuni turli vaqtlarda nishonlanadi. Xamda mamlakatning madaniyati va u mamlakatlarda yashaydigan xalqlarning odatlariga bog’liq bo’ladi. Onalar kuni bayramining ildizi qadimgi Gretsiyaga borib taqalishi xaqida yetarlicha fikirlar mavjud, chunki qadimiy Gretsiyada onalarga xudo sifatida tazim qilish odati bo’lgan. Mazkur bayram Panamada xam o’zining qadimiy an-analariga ega bo’lib u 1930-yildan boshlab milliy bayram statusiga ega bo’ldi. Xuddi XX asrda bo’lgani kabi bugun xam Onalar bayramiga Panamaliklar onalariga sovg’alar sotib olishadilar. Agar ular onalari bilan birga bo’lmasalar qo’ng’iroq qilishadi, telegramma jo’natishadi. Agar onalari vafot etgan bo’lsalar ularning qabrlariga borib xotirlaydilar. Shuning dek ko’pchilik o’zlarining onalariga bayram tushligi yoki kechki ovqatlar tashkil etadilar yoki onalari bilan konsertlarga xamda sayru-sayoxatlarga chiqishadi. Panamaning ayrim shaxarlarida yana bitta qiziq an-ana mavjudki Onalar kuniga bag’shlab mo’dalar ko’rgazmasi tashkil etiladiki u ko’rgazmalarda madellar sifatida onalar ishtirok etadilar. Onalar yangi kiyimlarni, aksesuarlarni va taqinchoqlarni namoyish etadi. Albatta onalar bayramida buvilarini xamda tutingan onalarini xam tabriklashadi. Chunki ular xam onalaridir. Rassiyada onalar kuni noyabr oyining oxirgi yakshanbasida, ko’plab yevropa mamlakatlarida hamda AQSh, Kanada, Xitoyda esa may oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi.
8-dekabr Bolgariyada talabalar kuni
Bolgariyada talabalar kuni Bolgariyada talaba yoshlar 8-dekabr kuni o’zlarining bayramlarini nishonlaydilar bu sana Kliment Oxrideski nomidagi Sofiya Universitetiining tarixi bilan bog’liqdir. Hali Bolgariyada Sofiya universiteti yakkayu yagona Oliy o’quv yurti bo’lganida,Universitetning akademik kengashi 8-dekabrni Universitetning bayrami sifatida nishonlanishini e’lon qilishga qaror qildi.Cherkov kalendariga binoan aynan o’sha kuni avliyo Kliment Orxidiskiy kuni nishonlangan Avliyo Kliment Orxidiskiy tomonidan, avliyo aka-ukalar Kiril va Mefodilar Bolgariyada qutqarib qolingan 5 ta o’quvchilardan biri xisoblanadi.Hozirgi paytda Makedoniya Respublikasi xudidida joylashgan Oxrit shaxrida IX asrning oxirida Oxrid manasterida u yirik madaniy-marifiy maktabni tashkil etgan edi. Ushbu maktabning maqsadi, Bolgariyada yangi madaniy Elitasini tashkil etish va tarbiyalashdan iborat edi.