3-dekabr Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni
3-dekabr — Xalqaro Nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni yurtimizning barcha xududlarida keng nishonlanadi. Shu kuni hasta, boquvchisini yoqotgan, yolg`iz kishilar holidan habar olinadi. Ularga homiy tashkilotlarning dori-darmonlar, tibbiy vositalar, tayanch-ortopediya moslamalaridan iborat sovg`alari topshiriladi. Turli tadbirlar, hayriya marafonlari, konsertlar, badiiy ko`rgazmalar tashkil etiladi. Ayni paytda «Muruvvat”, «Sahovat”, «Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlarda bayram tadbirlari o`tkaziladi. Yurtimizda inson sha`ni va qadr-qimmati yuksak qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalarning o`z tengdoshlari qatori har tomonlama o`sib-ulg`ayishiga hukumatning e`tibori katta. 1993-yilda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risida”gi Qonuni, 1994 yildagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari to`g`risida nizom”i, «Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi O`zR Qonuni, 1995-yildagi «O`zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitasiya qilish borasidagi chora tadbirlari Davlat dasturi to`g`risida”gi qarorlarda shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o`z-o`ziga xizmat qilish, harakatlanish, yo`lni topa olish, muloqot qilish, o`z hatti-harakatini nazorat etish, shuningdek, o`qish va mehnat faoliyati bilan shug`ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to`la yohud qisman yo`qotganligida ifodalanadi.
3-dekabr mo‘ri tozalovchilar kuni
Turli mamlakat xalqlari o‘zlarining madaniyatlari, urf-odatlariga va ananalariga sodiq holda munosabatda bo‘ladilar. B’zi kasblar texnika taraqqiyoti tufayli unitilishi mumkin. Shunga qaramasdan, Angliyaning Rochester shaxrida xar yili Truba (mo‘ri) tozalovchilar Festivali o‘tkazib kelinadi. Bu bayram uch kun davom etib kuplab sayyoxlarni jalb etadi. Mo‘ri tozalovchilar paradi, konsert va turli ko‘ngilochar tomoshalar ko‘rsatiladi. Bu yerga kelganlar aslo zerikib qolmaydilar.